Belerin "Barselona" mashg'ulotida jarohat oldi va "Malorka" bilan o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
27 sen 2022 19:53
Yangiliklar


Belerin "Barselona" mashg'ulotida jarohat oldi va "Malorka" bilan o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
"Barselona" himoyachisi Ektor Belerin mashg'ulotda jarohat oldi.
Futbolchi tonggi mashg'ulotlar vaqtida mushaklarida og'riq sezgan. Ertaga u tibbiy tekshiruvdan o'tadi va o'shanda jarohatning jiddiylik darajasi aniq bo'ladi.
Klubdagilarning fikriga ko'ra, jarohat u qadar og'ir emas. Biroq o'yinchi La Liganing navbatdagi turida jamoasiga yordam bera olmasa kerak.
1 oktyabr kuni "Barselona" safarda "Malorka"ga qarshi 7-tur uchrashuvini o'tkazadi.
Avvalroq kataloniyaliklar o'z termalari safida jarohat olgani sabab Ronald Arauxo, Jyul Kunde, Memfis Depay va Frenki de Yongni yo'qotishgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar