So’nggi yangiliklar

15:18Расман: Қирғиз Республикаси бош мураббийи ишдан кетди  0 14:55Шаҳбоз Жўрабеков: "Иккинчи даврада "Бухоро"ни юқорида кўрасиз, Бекхэмнинг зарбаларини кўриб катта бўлганман"  2 14:34"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин  13 14:06МЮ Онанани сотиб, италиялик дарвозабонни биринчи рақамга айлантирмоқчи  1 13:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади  15 13:10"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин  2 12:18"Лас-Пальмас" футболчиси автоҳалокат оқибатида ҳаётдан кўз юмди  0 11:50Эдерсон миш-мишларга чек қўйди  0 11:23Челестини Файзуллаевнинг ЦСКАдаги тақдирини ҳал қилади  3 10:56“Ливерпуль“ Англия терма жамоаси ҳимоячиси борасида музокараларни бошлади  5 10:30Германия МТЖ ҳужумчиси фаолиятини “Бавария“да давом эттиришига яқин  0 10:06“Реал“ етакчиси операциядан сўнг қанча муддат футбол ўйнамаслиги маълум  25 09:40Тео Эрнандес “Ал Ҳилол“да қанча даромад қилиши маълум  3 09:18“Арсенал“ “Тоттенхэм“ қизиқаётган футболчини “илиб кетмоқчи“  0 08:52Янги келишувга кўра Роналдунинг “Ал Насср“даги маоши маълум  34

Belarus. "Energetik-BGU" 5 o'yinli g'alabasiz seriyaga barham berdi, Umarovdan gol, Iminovdan assist Yangiliklar

Belarus. "Energetik-BGU" 5 o'yinli g'alabasiz seriyaga barham berdi, Umarovdan gol, Iminovdan assist

Belarus chempionatining 28-turidan o'rin olgan "Belshina" - "Energetik-BGU" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Belshina – Energetik-BGU 1:5

"Spartak"

Gollar: Bakich (18, 0:1), Musaxanyan (34, 0:2), Yudchic (47,0:3), Musaxanyan (84, 0:4), Rekish (87, 1:4), Umarov (90+2, 1:5).

Belshina – Xaritonovich, Kovalevskiy (Butakov, 76), Kirisov, Kuchinskiy (Nechaev, 57), Odeoibo, Sazonovich, Bordukov, Rekish, Solanovich (Glebko, 62), Kovel, Levickiy.

Energetik-BGU – Lesko, Svirepa, Yudchic, Miroshnikov, Sokol, Bakich (Umarov, 71), Nosko, Girs, Bashilov, Iminov (Sovpel, 55), Musaxanyan.

Ogohlantirish: Nosko (23), Rekish (27), Kovalevskiy (29).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Ushbu g'alaba orqali BGU 9-o'ringa ko'tarilib oldi.

90+2. GOOOOOOOLLL!!! Umarov bir himoyachini 4 marta aldab, kuchli zarba bilan nuqta qo'ydi!

90. ZARBAAAAAA!! Butakovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. O'yinga 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. UXXXXXX!! Kovelning boshi bilan yo'llagan zarbasi birozzzz noaniq ketdi.

87. GOL! Rekishning zarbasi o'qdek darvozaga kirib ketdi. CHiroyli gol urildi.

85. Rostdan ham to'p BGU futbolchisining qo'liga tekkandi. Penaltiga tortadigan vaziyat edi.

84. GOOOOOOLLLL!!! Darvozabondan qaytgan to'pni Musaxanyan osonlik bilan bo'sh qolgan darvozaga kiritdi!

82. Noskoning zarbasi noaniq ketdi.

80. ZARBAAAAAAA!!! Umarov uzoq masofadan jarimadan zarba yo'lladi!! Darvozabon to'pni qiyinchilik bilan burchakka chiqarib yubordi.

77. BGU tezkor qarshi hujumga o'tib ketishi mumkin edi. Umarov kuchli uzatilgan to'pga biroz eta olmadi.

73. UXXXX!! Sovpel avtogol urib qo'yishiga bir bahya qoldi. Posbon to'pni qiyinchilik bilan qaytardi.

71. Umarov maydonga tushdi Bakichning o'rniga.

70. Mezbonlar tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Nosko esa vaziyatni bartaraf eta oldi.

69. UXXXXXX!! Bashilov ajoyib vaziyatdan unumli foydalana olmadi.

58. ZARBAAAA!! Bakichning zarbasini Xaritonovich qaytardi!

55. Iminov almashtirildi. SHarhlovchi ham hayron qoldi. Hechqisi yo'q davom etamiz. 

53. REKIIIIIISHSHSHSH!!! Endi u qanotdan oshirilgan to'pni taxminan 4 metrdan darvozaga aniq tepa olmadi.

51. REKIIISHSHSHSHSH!!! Birga bir vaziyatdan foydalana olmadi. 6 metrdan noaniq zarba yo'llashning iloji yo'q edi. Sergey buni uddaladi.

49. Mezbonlar burchak zarbasiga ega bo'lmoqda.

47. GOOOOOOOLLLLL!!! Yudchic osonlik, juda juda osonlik bilan gol urdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim yakunlandi.

SHarhlovchi: Iminov, Umarov, Yaxshiboev kabi futbolchilar bizning chempionatda ko'p emas. Juda "texnichniy", aqlli va nostandart harakatga boy ular... Xursand bo'lib ketarkan kishi.

40. Iminov bir raqibini aldab o'tib, to'pni darvozabonga topshirib qo'ydi.

36. Kuchinskiyning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

34. GOOOOOOLLLL!!! Iminovning chiroyli pasidan keyin Musaxanyan gol urdi!

31. Nosko raqib jarima maydonchasi ichida Musaxanyanga aniq pas bera olganida hisob o'zgarishi mumkin edi.

28. Bir qaraganda oddiy, bir qaraganda kulgili holat. Rekish BGU jarima maydonchasi yonigacha kirib keldi, uning oldida kamida 3 variant bor edi: 1. zarba 2. o'ng tomonga pas. 3. chap tomonga pas. U esa to'pni uzoqlashtirib yubordi va raqibini tepgani uchun sariq kartochka ishlab oldi.

26. Girs raqibini aldab o'tib, mezbonlar jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va yiqilib tushdi.

21. XAVFLI VAZIYAT!!! Iminovning Bakich tomon uzatgan to'pini himoyachi qaytarib yubormaganida dublni ko'rgan bo'lardik!

18. GOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Markazdan oshirilgan to'pni ajoyib tarzda to'xtatib olgan Bakich ikkinchi to'pga teginishi orqali darvozani ishg'ol qildi!!!

16. ZARBAAAAAAAA!!! Qanotdan oshirilgan to'pni Rekish BGU darvozasi tomon yo'lladi. Biroz noaniq.

13. UXXXXX!! Samuelning qanotdan oshirgan to'pi hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi. Vaziyat xavfli bo'lgandi.

11. Sokolning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

9. Muxlislardan biroz kechirim so'ragan holda matnli translyaciyani davom ettiramiz. Biz ham internet tezligi bilan unchalik maqtana olmaydigan davlatda yashaymiz. 6-7 daqiqa o'yinni ko'ra olmadik. Davom etamiz.

2. UXXX!! Mezbonlarning ilk hujumi xavfli ko'rinish oldi. Qanotdan uzatilgan to'p Girsning oyog'iga tegib, darvoza to'rining tashqi tomoniga tegdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Maydonda Belarus davlati madhiyasi yangramoqda.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari. Belarus chempionati 28-turi doirasidagi "Belshina" - "Energetik-BGU" uchrashuvini birga tomosha qilishga taklif qilamiz. Bugun o'yinni Iminov asosiyda, Umarov zaxirada boshlaydi. Uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика