So’nggi yangiliklar

15:01Сеск Фабрегас "Комо"да қолади: Клуб "Байер" ва бошқа даъвогарлар таклифини рад этди  0 14:20"Нефтчи" "Оқ-тепа"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, плей-оффга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 13:51Рафинья: "Олтин тўп" мақсад эмас, асосийси – жамоавий ғалабалар"  5 13:23U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичига қачон қуръа ташланиши эълон қилинди  3 12:54Криштиану Роналдунинг ўғли Португалия терма жамоасида 7-рақам остида дебют қилди  4 12:30Марказий Осиё. "Қайрат" кубокни тарк этди, "Истиқлол" очко йўқотди, Туркманистонда эса 4 тур кейинги ўйинлар ўтказилди  1 11:59Гвардиола "Барселона" футболчисини Де Брюйнега ўринбосар деб билмоқда  7 11:37Бутун бир давр якуни: "Реал" тажрибали футболчиси жамоадан кетади  12 10:58“Ноттингем“ ҳужумчиси сунъий кома ҳолатидан чиқди  0 10:30“Барселона“ Ямал ва Рафинья учун 7 та футболчидан воз кечишга тайёр  15 10:21Сергей Лебедев: “Маҳоратли футболчилар мезбонлар ғалабасига муносиб ҳисса қўшишди”  3 09:53“Рома“ ҳужумчисига Туркия грандлари қизиқиш билдирмоқда  0 09:19“Реал Мадрид“ 60 миллион евролик трансфер бўйича келишувга эришди (Фабрицио Романо)  20 08:49Сергей Лушан: “Беш баллик тизимда менимча, жамоа ўйинини 3 баллга лойиқ кўрса бўлади”  2 08:20Мавсум якунида Ла Лигадан тушиб кетадиган яна бир жамоа номи маълум  3

Bekzod Qodirqulov: "Tezkor gol rejalarimizga tasir ko'rsatdi" Yangiliklar

Bekzod Qodirqulov: "Tezkor gol rejalarimizga tasir ko'rsatdi"

Pro liganing 4-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" – "Yangier" (4:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Bekzod Qodirqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida

- Bugungi uchrashuv qiyin o'tishini bilardik. "SHo'rtan"da ham, bizda ham avvalgi turlarda qayd etilgan natijalar bir xil edi. Mezbonlar g'alaba uchun maydonga chiqishini bilgan xolda uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. "SHo'rtan"ning tezkor goli rejalarimizga tasir ko'rsatdi. Yigitlar birinchi bo'limda ruhan tushkunlikka tushib, oddiy vaziyatlarda xatoliklarga yo'l qo'yishdi.

- Ikkinchi bo'limda zaxiradan qo'shilgan futbolchilar o'yinni kuchaytira olishdi, deb aytsak bo'ladimi?

- 3 ta to'p farqi bilan hisobda ortda qolayotganimizda o'yinni o'zgartirish uchun keskin choralar qo'llashimiz lozim edi. Hujumni kuchaytirish maqsadida zaxiradan futbolchilarni tushirdik. Butun jamoa yomon o'yin ko'rsatdi. Mag'lubiyatga aybdor murabbiy bo'ladi, shu sababdan javobgarlikni o'z zimmamga olaman.

- Asiljon Begimqulovning o'yiniga qanday baho berasiz?

- Begimqulov har doim bor kuchini berib o'ynaydi, unga nisbatan etirozim yo'q. Himoyachilar o'z xududlarini yopishda xatoliklarga yo'l qo'yishdi.

- Jamoada hujumlarini yakunlashda muammolar bordek ko'rinmoqda...

- O'tgan turlarda ham yomon o'yin ko'rsatmagandik. Haqiqatan ham hujumlarni yakunlashda muammolar ko'zga tashlanmoqda. Xatolar ustida ishlaymiz, batafsil ko'rib chiqamiz. 

- "Mashal" jamoasi bosh murabbiyi "Yangier" maydoni haqida gapirib, kombinacion o'yin tashkil etib bo'lmaydi, deya fikr bildirdi. Bu haqda sizning fikringiz qanday?

- Bu yil yog'ingarchiliklar ko'p bo'ldi va maydon sifatiga tasir ko'rsatmasdan qolmadi. Maydonimiz yomon emas, navbatdagi turlarga yaxshi holatga keltiriladi. Mutaxassislar muntazam maydon ustida ish olib borishmoqda.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика