So’nggi yangiliklar

19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  2 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  4 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:54"Лестер" - "Челси". Кимлар асосий таркибда?  0 16:39Суперлига. "Андижон" - "Динамо" 2:0 (матнли трансляция)  10 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  18 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  26 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1

Bekzod Karimov: “Futbolimiz ravnaqi yo'lida bor bilim va mahoratimni ishga solishga tayyorman” Yangiliklar

Bekzod Karimov: “Futbolimiz ravnaqi yo'lida bor bilim va mahoratimni ishga solishga tayyorman”

Avval xabar berganimizdek, Andijon viloyati futbol federaciyasining vice-prezidenti etib Bekzod Karimov tayinlandi.
SHu munosabat bilan yangi rahbardan intervyu olish maqsadida u kishining o'zi bilan bog'langanimizda, yangi ish joyiga taklif etdi. Suhbatimiz davomida Karimov teran fikrlari va har bir savolga atroflicha keng tarzda yondoshib javob berishi bilan etiborimizni tortdi. O'zi uchun yangi bo'lgan sohada rejalari ulkan ekanligini bilib olish qiyin kechmadi. Hali rasman tasdig'ini topmagan bo'lsada, o'zimiz uchun ayrim loyixalarini aytib o'tdi. Suhbatimiz esa uning futbolchilik davridagi faoliyatini eslash bilan boshlandi.

- Futbolchilik faoliyatingizni yaxshi bilaman. O'z vaqtida “Andijon”, “SHahrixon”, “Paxtakor” yoshlar jamoasi va “Buxoro”da o'ynagansiz. Keling qarshi bo'lmasangiz tarixni bir esga olsak.
- Ayni o'ynaydigan yoshda bo'la turib, o'z sevgan kasbing bilan xayrlashish naqadar og'ir ekanligini, men kabi bunday davrni boshidan o'tkazgan futbolchilar juda yaxshi biladi. Millionlar o'yini bilan 8 yoshimdan buyon shug'ullana boshlaganman. Dadam Andijon viloyati bolalar va o'smirlar futbol maktabiga olib borgan. U erda maktab direktori Muhammadqosim To'xtasinov va birinchi murabbiyim bo'lgan Abdurashid Ismoilov futbolning ilk sir-sinoatlarini o'rgatgan. Bilasizmi ushbu dargoh xalqimiz uchun iqtidorli futbolchilarni va shu bilan birga ko'plab yaxshi insonlarni tarbiyalab bergan.  Professional klubga o'tgunimga qadar, bir qator qiyinchiliklarni boshdan kechirdim. Hammasini sabar-bardosh bilan engib o'tdim. 18 yoshimda birinchi liga ishtirokchisi “SHahrixon” ro'yxatidan o'tganman. O'sha paytda tarkibdagi o'yinchilar orasida eng yoshi bo'lganim uchunmi yo boshqa sababmi murabbiylar unchalik ishonch bildirishmasdi. SHu yili 1987-1988 yillarda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida yoshlar terma jamoasiga saralash o'tkazildi.



Yodingizda bo'lsa o'shanda yoshlar terma jamoasiga angliyalik murabbiy Toel Kollin ustozlik qilgan. Murabbiylar guruhi mamalakatimizning har bir viloyatidan mazkur yoshdagi eng iqtidorli yigitlarni tanlab olib, ularning geografik joylashuviga qarab to'rt guruhga ajratgan. 4ta jamoa o'rtasida kechgan o'yinlardan kelib chiqib, Toel Kollin yoshlar terma jamoasiga nomzodlarni saralab olgan. Xullas vodiydan Vagiz Galiulin men va farg'onalik SHerzod Hakimovni tez-tez yig'inlarga jalb eta boshlagan. 2005 yili Xitoyda yoshlar terma jamoasi bilan yig'in o'tkazib qaytdik. Yurtimizga kelganimizda dadam aeroportda meni kutib olgan. SHunda “Paxtakor”ning hozirgi menejeri Samvel Babayan dadamga meni “Paxtakor”ga taklif etishini bildirgan. SHu payt menga “Buxoro”dan ham chorlov bo'lyotgandi. Uyga qaytib kelib hammasini bafurja o'ylab ko'rganimizdan so'ng, “sherlar” bilan shartnoma imzolashga rozi bo'lganman. Yoshlar jamoasida men bilan vodiydan Odil Ahmedov bo'lgan. Murabbiyimiz Sergey Kovshov.

Ishonasizmi o'sha yillari “Paxtakor” yoshlar jamoasi ham juda kuchli tarkibga ega edi. Oliy ligada bemalol 5-o'rin uchun davogarlik qila olardik deb o'ylayman. Bemalol ayta olaman, “Paxtakor” yoshlar jamoasida o'ynab futbolchi sifatida o'sishga erishdim. Jamoa bilan bir qator xalqaro turnirlarda ishtirok etganman. Asosiy tarkibga kirish juda qiyin bo'lgan. Raqobat kuchli ko'rinish olgandi. Lekin shunga qaramay o'sha paytda “Paxtakor”ni boshqargan rossiyalik mutaxassis Valeriy Nepomnyashiy yoshlar tarkibidan Odil Ahmedov, Mirzakamol Kamolov va meni asosiy tarkibda o'ynashimiz uchun fursat bo'lishini aytib, ishonch bilan qaragan. Adashmasam 2007 yili “Buxoro”ga ijaraga berishgan. U erda ham asosiy tarkibda o'ynab ketish oson kechmagan. Usmon Toshev va Iskander Galiulindan ko'p narsa o'rganganman. Asosiy tarkib azolari ichida eng kichigi men bo'lganim uchun qiyinchiliklar bo'lgan. Tushkunlikka tushmasdan, faqat oldinga intilganman. Ozmi-ko'pmi “Buxoro”da asosiy tarkibda o'ynab, o'z o'rnimga ega bo'la boshladim.

2009 yili esa “Andijon”ga taklif etishdi. Mahalliy muxlislar ona shahrim jamoasi uchun ham o'ynashimni juda xohlayotganini bildirishganida yo'q deya olmadim. CHunki bu o'zim uchun ham faxr hisoblanardi. Yoshligimdan viloyatning bosh jamoasida o'ynashni orzu qilganman. Futbolchi uchun munosib bahoni ishqibozlar berishadi. Andijonlik futbol shinavandalarini menga bildirgan ishonchini oqlash uchun bor kuchim bilan ishladim. Ming afsuski og'ir jaroxatlar amalda futbolchi sifatida ishqibozlarni olqishiga sazovor bo'lish nasib etmadi.  



- Aytishlaricha og'ir jarohatdan keyin, butsalaringizni mixga ilgan ekansiz. Jarohat jiddiymidi yoki buning boshqa sabablari ham bormi?
- 2009 yili “Andijon” bilan Turkiyada xorij yig'inini o'tkazish uchun borgandik. Kunlarning birida adashmasam Ruminiya jamoasiga qarshi sinov-nazorat o'yinida maydonga tushdik. Mazkur bahsda kutilmaganda jaroxatga yo'liqdim. Og'riqlar ortda qolgach yana mashg'ulotlarni boshladim. Futbolchi uchun operaciya hech nima emas. Asosiysi undan keyin tiklanish jarayonini to'g'ri o'tkazishdir. Ko'pincha bu narsa pand beradi. Menda ham shunday xolat bo'lgan. 2009 yilgi mavsumning birinchi turida “Lokomotiv”ni qabul qilganmiz. Ushbu o'yindan bir kun oldingi mashg'ulotda ishtirok etdim. Mashg'ulotning o'rtalariga kelib, to'pni darvozaga zarb bilan yo'llash mashqi bajarilishi lozim edi. Yomg'ir yog'ib, maydon sirpanchiq xolatga kelib qolgandi. Vaziyatlarning birida to'pga zarba berishim bilan o'ng oyog'imda juda kuchli tovush paydo bo'lib, maydonga quladim. Ishonasizmi tizzamdagi uchta bog'liq joy uzilib ketgan ekan. Undan chiqqan tovush shu darajada yuqori bo'lganki, xatto muxlislar ham chetdan turib eshitgan. Oyog'imga qarasam, tizzam xuddi to'p kabi shishib ketgan. Og'riqni endi o'ziz tushunib olavering.

- Adashmasam ertasiga “Lokomotiv” bilan o'yinga 18talik ro'yxatga kiritilgan edingiz. Jaroxatdan keyin o'zingizda qanday kuch topa olgansiz?

- O'sha o'yindan oldin tarkibda ayrim muammolar yuzaga kelgandi. SHunda klub shifokori o'yin qaydnomasiga tushishim mumkin ekanligini bildirdi. SHu darajada bo'lsa ham muxlislarning talabiga binoan, ularning ishonch bildirayotganini ko'rib, uyga ketib yuborishni o'zimga ep ko'rmaganman. Qanday qiyinchilik bo'lishini bilardim. Maydonda haqiqiy jangchi bo'lganman. Yakka kurashlardan o'zimni olib qochmasdim. Yutqazishni istamaganim uchun ham bor kuchimni berib o'ynaganman. Bundan rohatlanganman. SHuning uchun ham tez-tez jaroxatga duch yo'liqdim. Ming afsuski 2009 yilgi jaroxat hammasidan jiddiy bo'lib chiqdi. SHifokorlar to'g'ri tashxis qo'ya olishmagandi. Bu borada ularni ayblashdan yiroqman.  

- Futbol o'ynashni bas qilganingizdan keyin vaqti kelib yana futbol sohasida ishlashingizni o'ylaganmidingiz?
- 2009 yili “Andijon”ga kelganimni yaxshi eslayman. Muxlislar menga katta ishonch bilan qaragandi. O'zim ham mazza qilib, tug'ilib o'sgan shahrim jamoasi uchun o'ynayman deb niyat qilgandim. Ammo taqdirdan qochib qutilib bo'lmas ekan. SHunisiga ham shukur aytish kerak. Muxlislar ishonchini futbolchi sifatida oqlay olmaganim uchun ham futbolda endi mutaxassis sifatida ularni xursand qilishga bor bilim va kuchimni berishga tayyorman. Albatta yana futbolga qachondir qaytish rejasi bor edi. Futbolchilikni tugatganimdan keyin “S” murabbiylik licenziyasi uchun tahsil olganman.



- 24 yoshda jaroxat sabab futbolchilikni tugatish har qanday kishiga ruhiy zarba bo'lsa kerak?
- Nimasini aytasiz?! Juda og'ir jarayon. Buni hech kimga ravo ko'rmayman. Lekin keyinchalik xayot bu bilan to'xtab qolmasligini tushunib etib, yangi g'oyalar ustida ish olib bordim.

- Sir bo'lmasa bungacha qanday ishlar bilan shug'ullandingiz?
- Tadbirkorlik qildim. Xudoga shukur sharoitim yomon emas.
 
- Viloyat futbol federaciyasiga vice-prezident etib tayinlanishingiz qanday yuz berdi?
- Andijonlik muxlislar bilan faxriylarning talab va istaklari asosiy o'ringa chiqdi. Qolaversa viloyatimiz hokimi va viloyat futbol federaciyasi prezidenti Abdurahmonov SHuhratbek Qo'shoqboevichning ham menga bo'lgan ishonchi yuqori edi. Bu lavozimni uzoqdan o'ylab kelganim yo'q. Hammasi to'satdan yuz berdi. Gapimga ishoning, bundan oldin ham o'zimga yarasha biznes ishlarim bo'lgan. SHuni o'zi ham etardi. Lekin undan lazzatlana olmayotgandim. Andijon futboli uchun mexnat qilishim kerak ekanligini ich-ichimdan istadim. SHu kungacha to'plagan ozmi-ko'pmi bilimlarimni amalda tadbiq etib, Andijon futbolini taraqqiy etishida ulushimni qo'shishni burch deb bildim. Mana qarang viloyatimizda qad rostlagan osmono'par binolarni ko'rib ko'zingiz quvnaydi. Bundan bir necha yillar oldin esa u joylarda past-past uylar bo'lgan. SHuni misol qilib aytganda, viloyatimiz futbolini ham ko'tarish payti keldi. O'zim futbolchi bo'lganim uchun boshqa viloyatdagi do'stlarim bilan suhbatlashganimda ko'pincha Andijon futboli haqida qayg'uli savollar bilan murojaat qilishadi. Nasib qilsa hammasi yaxshi bo'ladi. Men bunga ishonaman. 

- Siz uchun yangi va shu bilan birga masuliyatli bo'lgan sohada ish boshladingiz. Buni o'zingiz ham xis etib turgan bo'lsangiz kerak?
- Albatta! Jiddiy qarash lozim. Muhimi o'zimiz uchun to'g'ri yo'nalishni tanlab olish kerak bo'ladi. 



- Taklifni qabul qilishdan oldin uzoq o'ylandingizmi?
- Ha. Ota-onam va yaqinlarim, tabiiyki futboldagi ustozlarimning fikrlariga quloq tutdim. Hammasini o'ylab ko'rgach, taklifga rozilik berdim.

- Oliy malumotli diplomga egasiz. Ammo sizda bu sohada tajriba kam deyish mumkin. Qandaydir havotir yo'qmi?
- Qanday havotir bo'lishi mumkin? Axir men o'z sevgan kasbim bilan shug'ullana boshladim. Inson zoti hech qachon bilib tug'ilmaydi. Hammani o'ziga yarasha kamchilik tomoni bo'ladi. Asosiysi xatolardan to'g'ri xulosa chiqarib olish kerak. To'g'ri, bitta o'zim bu erda katta o'zgarishlar qilib yubora olmayman. SHuning uchun hammamizni maqsadimiz bir bo'lish joiz. Men qo'limdan nimaiki kelsa, kattami yoki kichikmi yordam berishga tayyorman.

- Faoliyatini yakunlagan futbolchilaring ko'pchiligi murabbiylik yoki hakamlikni tanlaydi. Siz bilan esa aksincha xolatni ko'ryapmiz?
- Ziyoli oilani farzandiman. Ota-onam ham institutni tamomlagan. Ukam davlat korxonasida faoliyat yuritadi. O'zim esa “Andijon muxandislik iqtisodiyot” institutida tahsil olganman.

- Demak, qog'ozbozlik ishlaridan qandaydir tushuncha bor. SHundaymi?
- Hammasini ish jarayonida o'rganib boramiz.



- Yangi lavozimda ishni eng avvalo nimadan boshladingiz?
- Xodimlar bilan tanishib chiqdim. Keyin bu yilgi xujjatlarni ko'rib, tanishib boryapman. SHundan kelib chiqib, o'zgarish qilinadi. Oldingi ishlab ketganlar haqida gapirmoqchi emasman. Lekin endi biz o'zimiz uchun to'g'ri yo'nalishni belgilab olishimiz zarur.

- Ishlash falsafangiz qanday?
- Ichki muhit yaxshi bo'lsa ishda unum bo'ladi. Rejalar bisyor.

- Federaciya o'z binosiga ega emas...

- Ha, shunday. SHaxsiy fikrim: federaciya bu – Andijon futbolini uyi bo'lish kerak. Viloyatimiz hokimi, shahar hokimi va O'FF prezidenti bilan birgalikda, imkoniyatlardan foydalanib vaqti kelib federaciyasimiz ham o'z binosiga ega bo'ladi degan umiddaman.

- Bugungi kunda ko'p viloyat federaciyalarida ishlash jarayoni eskirib ketgandek tuyulmoqda.
- Zamonaviy ishlashga o'tish vaqti talab qilyapti. Bu borada har ishda asosiysi professional infratuzilma asosiy tayanch bo'lishi kerak. Mening etiborim shunga qaratilishi lozim.

 - Andijonda futbolni yanada rivojlantirish uchun tabiiyki federaciyaning o'rni katta bo'ladi. Bolalar o'rtasida turli xil musobaqalarni ko'paytirish lozim. Bu borada talab kuchli bo'ladimi yoki ichki imkoniyatdan kelib chiqib ish tutiladimi?
- Bu savolingizning birinchi qismiga yuqorida javob berdim. Endi ikkinchi qsmiga keladigan bo'lsak, amaliyot muhim sanaladi. Har bir yoshga mo'ljallangan turnirlar tashkil etiladi.

- Keyin viloyat ikkinchi ligasida haqida nima deysiz?
- Bu yil nechta jamoa ishtirok etishni bildirgan va yakunda ulardan nechtasi qolgani haqida tanishib chiqdim. Fikrimcha har bir jamoa bu musobaqaga jiddiy qarash kerak.
Viloyatimiz faxriylari va mutaxassislari bilan birga bu ishga aniq bir to'xtamga kelamiz deb o'ylayman.



- Siz uchun ikkinchi liga musobaqasini qay tartibda o'tkazgan maqul?
- Albatta viloyatimizning har bir tumanida jamoalar bo'lishini istardim. Boisi har bir tumanda o'ziga yarasha ashaddiy ishqibozlar bor. Ularni futboldan bahramand bo'lishini xohlardim

- Ilgari ikkinchi ligada futbolchilarning yoshi hech qanday ahamiyat kasb etmasdi. Oxirgi yillarda esa yosh borasida chegara joriy etildi. Bunga qanday munosabatdasiz?

- Futbol bu – millionlar o'yini. Buning ijobiy va salbiy tomoni bor. Bularni hammasini qo'mita azolari bilan o'rganib chiqamiz.  



- Har bir tumanning o'ziga yarasha muxlisi bor. Ularni stadionga jalb etish uchun ham qandaydir ishlarni amalga oshirish kerak bo'ladi?

- Fikringizga to'liq qo'shilaman. Marketingni rivojlantirish ham asosiy qilinadigan ishlarimizdan biridir. Stadionga kelgan ishqibozlar uchun kerak bo'lsa, o'yindan oldin koncertlar tashkil etish rejamizda bor. Bu shunchaki homaki rejalar. Viloyatimiz rahbari bilan bu borada ham maslahatlashib ko'rmoqchiman. Hamma stadionda eng avvalo muxlislik madaniyat va tartib intizom bo'lishi tarafdoriman. 

- CHempionat avvalida hamma tuman jamoasi turnirda ishtirok etish istagini bildiradi. Biroq natijalari ijobiy bo'lavermagach, yarim yo'lda izdan chiqish xolatlari ham bo'lib kelgan. SHunday xolatlarga duch kelinsa keskin choralar ko'rish mumkinmi?
- SHuni oldini olish maqsadida, har bir tumanning rahbari va biriktirilgan homiylar ko'magida tashkil etilgan jamoalar o'z ishqibozlari oldida javobgar bo'lishi shart deb o'ylayman. Men bir narsaga ishonamanki, har bir tumanda tadbirkor va futbolning ashaddiy ishqibozlari bor. Ular kerak bo'lsa o'z tuman jamoasini yutug'i uchun ko'p narsadan voz kechishga ham tayyor. Faqat ularni topib, yanada futbolga qiziqtirish kerak bo'ladi. Mana shunday sahovatpesha insonlar ko'magi orqali ham har bir jamoani turli usullar bilan rag'batlantirib borilsa, qiziqish ortadi.  

- Yangi ishda ko'proq kimdan maslahat olishingiz mumkin?
- Har bir ishda qiyinchilik bo'ladi. Fikrimcha meni tarbiyalagan ustozlarim va vilomyatimizdagi futbol mutaxassislari bilan birga maslahat qilishim mumkin. Bu men uchun muhim. Yoshi kattami kichikmi etibor qilish kerak. 



- Xodimlar bilan tanishib chiqgan bo'lsangiz kerak?
- Bu erda endi ikkinchi ish kunimni o'tkazdim. Xodimlar besh nafar. Ular bilan gaplashdik. Hammamizni maqsadimiz bir bo'lish darkor. Axil bir oiladek ishlash muhim. Buning uchun ilik munosabatni yo'lga qo'yish lozim bo'ladi. Kimdir xato qilsa unga to'g'ri yo'nalishni ko'rsatib qo'yish kerak. SHunda ham o'z bilganidan qolmasa, biroz keskin chora ko'riladi. O'zim ham kerak bo'lsa xato qiladigan bo'lsam, undan to'g'ri xulosa chiqarib olishga urinaman. O'ylaymanki barcha ishchi xodim va viloyatimizdagi bari futbolga aloqador bo'lgan kishilar bilan iliq munosabatda bo'lib, ko'zlagan maqsadimizga erishamiz. Barchamizni maqsadimiz bitta – Andijon futbolining dovrug'ini yuksaklarga ko'tarish. Ishqibozlarni xursand qilish. Futbol aslida ular uchun o'ynaladi. Ishimizga munosib bahoni aynan muxlislar beradi. Ularni alday olmaysiz.

Bizning malumot:
Bekzod Karimov
Tug'ilgan yili:
05.06. 1987
Tug'ilgan joyi: Andijon shahri
Andijon futbol maktabi tarbiyalanuvchisi
Birinchi murabbiyi: Abdurashid Ismoilov
O'ynagan jamoalari: “Andijon” – 2003-04 yil. “SHahrixon” – 2005 yil bir davra. “Paxtakor” – 2005-06 yil. “Buxoro” – 2007-08 yil. “Andijon” – 2009-10-yil.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика