Bekxemning o'g'li “Inter Mayami”dagi ilk golini jarima zarbasidan chiroyli tarzda urdi. Bungacha unda 7 ta assist bor edi
12 iyu 2022 09:45
Yangiliklar


Bekxemning o'g'li “Inter Mayami”dagi ilk golini jarima zarbasidan chiroyli tarzda urdi. Bungacha unda 7 ta assist bor edi
MLS jamoalarining o'rinbosarlari o'rtasidagi Next Pro chempionatining navbatdagi turida “Inter Mayami” “Orlando Siti”ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 84-daqiqasida mayamiliklar yarim himoyachisi Romeo Bekxem jarima zarbasidan chiroyli tarzda raqib darvozasini ishg'ol etib, o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi – 3:1.
Bu 19 yoshli xavbekning “Inter Mayami”dagi ilk goli bo'ldi. Bungacha esa uning hisobida 7 ta assist bor edi.
Eslatib o'tamiz, Devid Bekxemning o'g'li bungacha “Arsenal” yoshlar jamoasida harakat qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar