Bekxemning jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
30 dek 2019 23:07
Yangiliklar


Bekxemning jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
MLS vakili “Inter Mayami” klubiga urugvaylik Diego Alonso bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Futbolchilik faoliyati davomida Ispaniyang “Valensiya”, “Atletiko”, “Malaga” jamoalarida to'p tepgan Alonso 2011 yil murabbiylik faoliyatini boshlagan edi. Uning so'nggi ish joyi Meksikaning “Monterrey” klubi bo'lgan. Ushbu jamoa bilan ispaniyalik mutaxassis KONKAKAF CHempionlai ligasi va Meksika chempionatida g'olib chiqqan.
Eslatib o'tamiz, “Inter Mayami” yangi mavsumdan boshlab MLS bahslarida debyut mavsumni o'tkazadi. Klub xo'jayinlaridan biri Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Devid Bekxem hisoblanadi.
MLS da yangi mavsumga 2020 yilning 29 fevralida start beriladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar