Bekxem Antarktidada xayriya o'yini o'tkazadi
12 noy 2015 08:27
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/188367_original.jpg)
![](/upload/storage/188367_220.jpg)
Bekxem Antarktidada xayriya o'yini o'tkazadi
Bundan ko'zlangan maqsad u erda xayriya futbol uchrashuvini o'tkazishdir. Bekxemning jamoadoshlari va shu bilan birga raqiblari Antarktidadagi maxsus bazada yashayotgan olimlar, gidlar, mexaniklar va oshpazlar bo'lishadi.
Bekxem 10 yildan beri Birlashgan Millatlar Tashkilotining YUNISEF bolalar jamg'armasida rasmiy elchisi bo'lib kelmoqda. Ushbu xayriya akciyasi o'z ichiga 7ta qitada o'yin o'tkazishni oladi. Bu borada Antarktida – beshinchi manzil bo'ladi. SHu paytgacha Bekxem Papua-Yangi Gvineya, Jibuti, Nepal, shuningdek, Argentinaning Buenos-Ayres shahridagi eng nochor tumanlarning birida futbol uchrashuvlari o'tkazdi. Antarktidadan so'ng u AQSHga yo'l oladi. O'ziga xos futbol marafoni 14 noyabr kuni Manchester shahridagi muhtasham “Old Trafford” stadionida yakunlanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar