Bekkenbauer: “Jahon chempionatlarida daraja bilan birgalikda omad ham kerak”
06 iyu 2014 13:48
Yangiliklar
Bekkenbauer: “Jahon chempionatlarida daraja bilan birgalikda omad ham kerak”
Frans Bekkenbauer Germaniyaning Braziliya maydonida bo'lib o'tadigan Jahon chempionatidagi imkoniyatlari haqida fikr bildirib o'tdi.
Bekkenbauer futbolchilardagi mahoratni o'zi etarli emas, deb hisoblaydi.
“Bunday turnirlarda mahorat bilan yutuqqa erishishinga ko'pchilik ishonmaydi. Bu erda omad ham kerak. Masalan, men 1990 yildagi Jahon chempionatida mashg'ulotlardan so'ng, penaltilar ustida ishlaganman. Bizning jamoa bu borada o'ziga ishonardi. Bazida katta turnirlarda mana shu penalti ko'p narsani hal qilishi mumkin. Hozirgi Germaniya terma jamoasi to'rt yil oldingi ishtirokidan ko'ra omadliroq harakat qilishi kerak, chunki futbolchilarda tajriba etarli”, - deydi Bekkenbauer.

Fikrlar