BeIn Sports APLda o'ynagan eng yaxshi futbolchi deb Kanchelskisni etirof etdi
15 apr 2020 13:40
Yangiliklar
BeIn Sports APLda o'ynagan eng yaxshi futbolchi deb Kanchelskisni etirof etdi
BeIn Sports APL tarixidagi eng muvaffaqiyatli rossiyalik o'yinchilarning nomlarini keltirdi.
Ulardan eng zo'ri deb Andrey Kanchelskis topildi. Rossiyalik futbolchi faoliyatining cho'qqisida "Manchester Yunayted"da o'ynagan.
Ikkinchi o'rinda "Arsenal" sobiq yarim himoyachisi Andrey Arshavin etirof etilgan. Uchlikni esa "CHelsi", "Portsmut", "CHarlton" va "Fulxem" klublarida o'ynagan Aleksey Smertin yakunlab bergan.
Portal shuningdek "Tottenxem"da o'ynagan Roman Pavlyuchenko va "CHelsi"da to'p tepgan Yuriy Jirkovlarni ham unutmagan.
Fikrlar