Begovich: "Mourinyu - men ishlagan murabbiylar orasidagi eng sevimlisi"
17 sen 2018 11:45
Yangiliklar
Begovich: "Mourinyu - men ishlagan murabbiylar orasidagi eng sevimlisi"
"Bornmut" darvozaboni Asmir Begovich "Manchester Yunayted" ustozi Joze Mourinyuni u bilan birga ishlagan eng yaxshi murabbiy deb atadi.
Begovich 2015 yilda "CHelsi" klubida mutaxassis qo'l ostida ishlagan.
"Mourinyu - ajoyib yigit. Uning qo'l ostida o'ynash menga juda yoqqan edi. U men bilan ishlagan murabbiylar orasidagi sevimlisi.
Joze hazillashishni, kulishni yaxshi ko'radi, biroq u o'z g'oyalarini futbolchilarga aniq etkaza oladi. O'yinchilarga doimo to'g'risini aytadi va buni hammani oldida amalga oshiradi. Ko'plab futbolchilar uni hurmat qiladi deb o'ylayman.
Mourinyu - hissiyotli inson. U jamoaning ishlari yomonligini tez his qiladi. Joze muvaffaqiyat haqida boshqalardan ko'proq o'ylaydi. Bu narsani uning harakatlaridan bilib olish mumkin" - deydi Begovich.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar