Bayi "Manchester Yunayted" bilan shartnomani uzaytirdi
26 apr 2021 20:26
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" himoyachisi Erik Bayi bugun klub bilan shartnomasini uzaytirdi. Yangi shartnoma 2024 yilgacha mo'ljallangan, deya xabar berdi jamoaning rasmiy sayti.
Bayi 2020/21 yilgi mavsumda kam o'yin vaqtiga ega bo'ldi. 27 yoshli himoyachi "Manchester Yunayted" tarkibida barcha turnirlarda 15 o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar