"Bayer" "Liverpul" sobiq himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
05 avg 2024 18:57
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/798095_original.jpg)
![](/upload/storage/798095_220.jpg)
"Bayer" "Liverpul" sobiq himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
Leverkuzenliklar Joel Matipni Jonatan Taga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
"Bayer" "Liverpul"ning sobiq himoyachisi Joel Matipga qiziqmoqda, deb xabar berdi "Sky Sport" muxbiri Florian Plettenberg.
Xabar qilinishicha, "qora-qizillar" jamoani tark etishi mumkin bo'lgan Jonatan Ta o'rniga 32 yoshli Matip nomzodiga to'xtalgan. Matip ham Leverkuzenning "Bayer" klubiga o'tishga qarshi emas.
Hozirda klub va futbolchi o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda – kamida ikki yillik shartnoma muhokama qilinmoqda. Kamerunlik futbolchi o'tgan mavsum oxirida "Liverpul"ni tark etiyu, erkin agentga aylangan.
Joel Matip o'tgan mavsum "Liverpul" safida 14 ta o'yinda maydonga tushgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar