Baxtiyor Ergashev: "Buxoro"ga g'alaba uchun kelgandik"
07 iyu 2021 09:58
Yangiliklar
Baxtiyor Ergashev: "Buxoro"ga g'alaba uchun kelgandik"
Pro-liganing 10-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Oq-tepa" (3:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Baxtiyor Ergashev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- "O'yin haqida aytadigan bo'lsam, bugun jamoamiz yigitlari yaxshi o'ynashdi. 3 ta to'p farqi bilan oldinda borayotgandik, lekin oxirgi daqiqalarda tez gollar o'tkazib yubordik. Raqib 5 daqiqa ichida darvozamizga 3 ta to'p kiritdi. Zaxiradan maydonga tushirilgan yosh futbolchilarimiz tezlik bilan o'yinga kirishib keta olishmadi.
"Buxoro"ga g'alaba uchun kelgandik, lekin o'xshamadi. To'g'risi 3 ta to'p farqi bilan oldinda borishimiz kutilmagan bo'ldi. G'alabani qo'ldan chiqardik, nima ham deymiz, bugun 1 ochko bo'lsa ham oldik. Yigitlarga yana bir bor rahmat aytaman" - deydi "Oq-tepa" murabbiyi.
Fikrlar