So’nggi yangiliklar

18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  0 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  3 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:54"Лестер" - "Челси". Кимлар асосий таркибда?  0 16:39Суперлига. "Андижон" - "Динамо" 1:0 (матнли трансляция)  3 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  17 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  26 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  7

Baxtiyor Ashurmatov: "Turon"da ko'p yillar ishlab yaxshi nom qoldirishni maqsad qilganman" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Turon"da ko'p yillar ishlab yaxshi nom qoldirishni maqsad qilganman"

Yaqinda Pro liga ishtirokchisi "Turon" jamoasida murabbiylar almashinuvi yuz berdi.

Tajribali mutaxassis Baxtiyor Ashurmatov endilikda yaypanliklarni bosh murabbiy sifatida boshlab tushadi. Biz bu borada Baxtiyor Azamovichning fikrlari bilan qiziqdik.

Baxtiyor Ashurmatov - "Turon" bosh murabbiyi!

— Qo'qonda ikki yarim yil davomida chin yurakdan ishladim. Imkon darajasida yaxshi natija ko'rsatishga harakat qildik. SHu vaqt mobaynida muxlislar, rahbarlarning ishonchini his qilib ishladim, deya olaman. Ularga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Birinchi davrada ko'p ochko yo'qotdik. To'g'ri jamoalar o'rtasidagi ochkolar farqi katta emasdi. Jamoadagi tarkib bilan qiyin vaziyatdan chiqib ketishimizga ishonchim komil edi. Lekin rahbarlar bilan maslahatlashib do'stona xayrlashdik. O'sha vaziyatda jamoadan ketishim Qo'qon uchun yaxshilikka, deb xisobladik. Klub bu holatidan chiqib ketishiga ishonaman. Xudoga shukurki, oradan ko'p o'tmay "Turon"dan taklif tushdi. Vice-prezident Aleksandr Uzakovich bilan uchrashdik. Fikrlarimiz bir joydan chiqdi. SHu kungacha qaysi jamoada ishlagan bo'lsam ham, menga bildirilgan ishonchni suistemol qilmaganman. Ketgan taqdirimda o'zaro hurmatni saqlab qolgan holda ketganman. SHu sababli bo'lsa kerak, oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan, oxirgi yillarda har tomonlama o'sishga erishgan, oliyjanob insonlar boshqaradigan "Turon"dan taklif tushdi.  


— "Turon" taklifi o'z oldiga yuqori maqsadlar qo'yganligi, jamoaning bir necha yillik rivojlanish strategiyasi borligi, bolalar futbolini rivojlantirish yo'lida katta hajmdagi ishni bajarishayotgani, futbolchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgani, jamoa tizimida va asosiy tarkibda yaxshi mutaxassislar ishlayotgani meni o'ziga jalb qildi. Agar nasib qilib jamoada bir necha yil ishlasangiz qilgan mexnatizi rohatini ko'rishiz mumkin bo'ladi. CHunki "Turon" tarkibida bir nechta iqtidorli yosh futbolchilar bor.

— 1-ligada (bugungi Pro liga) 2012 yilda "Guliston" jamoasi bilan murabbiy sifatida Oliy ligaga (bugungi Superliga) chiqishga muvaffaq bo'lganman. Oxirgi paytda Pro liga saviyasi yaxshigina o'sdi. Lekin Superliga jamoalari tarkibi baribir kuchliroq. Qaysi liga bo'lmasin murabbiylik oson emas. Jamoada yaxshi yigitlar yig'ilgan. Xudo xohlasa ularning yordami bilan Superligaga chiqish masalasini hal qilamiz degan niyatdaman.

— Qo'qonda raqobatbardosh jamoa tuzishga muvaffaq bo'ldik. Borganimda birinchi maqsad jamoani autsayderlar qatoridan olib chiqib ketish, keyin esa yuqori o'rinlar uchun kurashadigan jamoa tuzish deb aytgandik. Birinchi vazifani bajardik. Beshinchi va sakkizinchi o'rinlarni qo'lga kiritdik. Keyingi vazifani bajarish uchun 2021-yildagi tarkibni saqlab qolib 3-4 ta yaxshi saviyadagi futbolchilarni taklif qilish kerak edi. Yuqori o'rinlar uchun kurashadigan tayyor jamoa bo'lardi. Lekin afsus malum sabablarga ko'ra jamoani 8ta futbolchi tark etdi. Ulardan Norbekov, Hasanov,Sobirjonov, Bekmurotov, Akbarov, Malikjonovlar asosiy tarkib o'yinchilari edi. Bu futbolchilarning o'rnini to'ldirish oson bo'lmadi. Biz oldinga siljish o'rniga yana joyimizda qotib qoldik. "Turon"da esa xudo xohlasa bu yil vazifani bajarib olsak, hozirgi tarkibdagi yigitlar qatoriga yana yaxshi saviyadagi futbolchilarni qo'shib ajoyib jamoa tuzsa bo'lardi. Men jamoadagi yigitlarga ishonaman. Klubda ko'p yillar davomida ishlab, yaxshi nom qoldirishni o'z oldimga maqsad qilib kelganman. Uzoq vaqt davomida bir jamoada ishlash menimcha ko'proq sabrga va raxbarlarning ishonchiga bog'liq. Ozgina natija bo'lmasa murabbiyni darrov almashtirish har doim xam o'zini oqlamaydi. Murabbiylar bilan ko'pincha jamoalar bir yilga shartnoma qilishadi. Bunday xolatlarda murabbiy hozirgi kunini o'ylab ishlashiga to'g'ri keladi. 3-4 yillik shartnoma tuzilsa o'shanda murabbiy bir necha yillik reja bilan ishlaydi. Yoshlarga nazar tashlaydi, klub akademiyasidagi yosh futbolchiga etibor qilib tarbiyalaydi. Rahbarlarning to'liq ishonchini xis qilib ishlash murabbiy uchun juda ham muhim omil, deb xisoblayman.

"Turon": Anvar Berdiev asosiy jamoadagi faoliyatini davom ettiradi

— Anvar Berdiev shu vaqt davomida jamoa natijalari uchun ko'p mexnat qildi. Futbolchilarning imkoniyatini yaxshi biladi. SHu sababli Anvar Berdiev bo'yicha rahbarlar bilan poziciyamiz bir joydan chiqdi.SHu sababli Anvar Berdiev murabbiylar shtabida ishlashda davom etadi.

Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика