Baxtiyor Ashurmatov - "Turon" bosh murabbiyi!

Mirjalol Normatov
9 okt 2022, 18:29
Bugun "Turon" qarorgohida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi.

 Klub rahbariyati ishtirokida tashkil etilgan yig'ilishda yaqin o'tmishning yorqin futbolchisi, taniqli mutaxassis Baxtiyor Ashurmatov jamoa bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. Bugunga qadar klubimiz bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelgan istedodli mutaxassis Anvar Berdiev murabbiylar shtabida Baxtiyor Ashurmatovga yaqindan yordam beradi.

Ashurmatov bugunga qadar AGMK, "Guliston" va "Surxon", "Buxoro", "Andijon", "Navbahor" va "Qo'qon-1912" klublarida faoliyat olib borgan. Shuningdek, murabbiylik faoliyati davomida Olmaliqning AGMK klubi bilan O'zbekiston kubogi bosh sovrinini qo'lga kiritgan.

Yangi bosh murabbiyga klubimiz rahbariyati tomonidan musobaqa jadvalida yuqori o'rinlarga ega chiqqan xolda mavsum yakunida jamoani Superligaga olib chiqish vazifasi qo'yildi.

"Turon"ga xush kelibsiz Baxtiyor A'zamovich! Jamoamizdagi faoliyatingizda omad va muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilaymiz!


O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Турон" матбуот хизмати