So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  1 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  0 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Baxtiyor Ashurmatov: O'yin bo'yicha yigitlarga etirozim yo'q Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: O'yin bo'yicha yigitlarga etirozim yo'q

Oliy liganing 11-turidan o'rin olgan Metallurg - Andijon (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Bugun qiziqarli o'yin bo'ldi. Yigitlarga hech qanday etirozim yo'q. Ular g'alaba qozonish uchun oxirigacha kurashishdi va ishonishdi. Afsuski omad bugun Metallurg tomonida bo'ldi.  Raqib futbolchilari yuzaga kelgan vaziyatlardan unumli foydalanishdi va g'alaba qozondi. SHu sababli bugun mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda futbolchilarimga o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman.  Umuman olganda bugun har ikki jamoa ham yaxshi saviyada o'yin namoyish etdi. O'ylaymanki stadionga kelgan muxlislarga bu o'yin manzur bo'ldi. Afsuski andijonlik ishqibozlarning mag'lubiyatdan keyin hafa bo'lishganini tushunarli xolat. CHunki ular suyukli jamoalaridan doimo g'alaba kutadi. Futbol shundayki doim ham murabbiy o'ylagan rejasi amalga oshavermaydi. Muxlislar yutgan o'yiningdan so'ng murabbiyni qo'llab-quvvatlab, ko'klarga ko'tarishadi. Lekin mag'lubiyatdan so'ng murabbiy aybdor bo'ladi. Bu tushunarli xolat.

- Vaziyatlardan unumli foydalana olmaslik, bugun faqat omad bilan bog'liq deb o'ylayman. Anvar Berdievda ikkita yuz foizli imkoniyat bo'ldi. Tajribali hujumchi faoliyati davomida bunday vaziyatlardan unumli foydalanib, ko'plab gollar urgan. Bugun unga omad kelmadi.

- Albatta 11ta uchrashuvda uch bor g'alaba qozonganimiz juda ham kam deb hisoblayman. Bunga bosh murabbiy sifatida aybdorlikni o'z bo'ynimga olaman. Bunday paytda ikkinchi davra haqida o'ylashga xojat yo'q. CHunki ungacha rahbariyat imkoniyat bermasligi ham mumkin. CHunki muxlislar kutgandek natija qayd eta olmayapmiz. Agarda imkon berilsa, xatolar ustida ishlab, izlanishimiz kerak - deydi Baxtiyor Azamovich.

"Andijon" matbuot xizmati
Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика