So’nggi yangiliklar

01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  0 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  0 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  13 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  234 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  3

Baxtiyor Ashurmatov: “Nasaf”da jamoaviy o'yin yaxshi. Lekin “Bunyodkor”da finalda o'ynash tajribasi bor” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Nasaf”da jamoaviy o'yin yaxshi. Lekin “Bunyodkor”da finalda o'ynash tajribasi bor”

Futbolchilik davrida 5 karra O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritgan Baxtiyor Ashurmatov saytimiz talqiniga ko'ra ramziy terma jamoadan o'rin oldi.

SHu munosabat tajribali sobiq himoyachi bilan suhbatlashib, o'zi ishtirok etgan final o'yinlari va tabiiyki bugungi bahs haqida so'radik.

- Final o'yini oldidan qaysidir jamoaning imkoniyatini yuqori baholab, tahmin qilish murakkabdir. Boisi bu bitta o'yindan iborat bo'ladi. Agarda chempionat bo'lsa ekan, keyingi turlarda xatolarni to'g'rilashni imkon bo'lsa. Finalda esa ko'proq omadga bog'liq. Bugungi o'yin oldidan ko'pchilik “Nasaf”ning g'alabaga bo'lgan imkoniyatini yuqori baholamoqda. Lekin shuni ham unutmaslik kerakki, “Bunyodkor”da finalda o'ynash tajribasi bor.

- Bugun kimga muxlislik qilasiz?
- O'zim ilgari futbolchilik davrimda “Bunyodkor” sharafini himoya qilganman. Ayni paytda esa jiyanim Rustam Ashurmatov ushbu klubda o'ynamoqda. Katta ehtimol bilan bugun Rustam boshlang'ich tarkibda maydonga tushsa kerak. SHunday ekan finalda “qaldirg'ochlar”ga ishqibozlik qilaman. Asosiysi Jizzaxdagi stadionga tashrif buyurgan muxlislar chiroyli va mazmunli o'yinga guvoh bo'lishsin.

- Futbolchilik paytimda Kubok finallarida bir necha bor ishtirok etganman. Kubokda yutgan o'yinlardan ko'ra, mag'lub bo'lganlarini eslayman. 2007 yili hozirgi “Bunyodkor” tarkibida “Paxtakor”ga qarshi kechgan bahs hamon yodimda turibdi. SHu kuni ob-havoning injiqligi natijasida futbolchilarga qiyin bo'lgandi. Raqib tarkibidagi Ixeroume Uche menga ataylab jaroxat etkazishga uringani ham yodda qolgan. CHunki finalda g'olib chiqish uchun har qanday futbolchi bor kuchini berib o'ynaydi. O'yinning asosiy vaqtlarida kuchlar teng kelgan. Hatto qo'shimcha taymlarda ham jamoalar hisobda oldinga chiqib olishga qiynalgan. Futbolchilar penaltilar seriyasini kutgan. CHunki “loy jangi”da o'ynash oson kechmagan. Afsuski lotoreyada alamli tarzda mag'lub bo'lganmiz.

- Keyin 2002 yilgi final o'yinini ham aytib o'tgan bo'lardim. Toshkentda “Neftchi”ga qarshi kechgan bahs ham keskin kurashlarga boy tarzda o'tgandi. 3:1 hisobida oldinga chiqib olgandik. Ammo keyinchalik farg'onaliklar hisobni tenglashtirishga erishdi. Qo'shimcha vaqtlarda Zayniddin Tojiev ikkita gol urib, g'alabani taminlagandi. Sergey Lebedev o'sha uchrashuvda o'z darvozasiga kutilmaganda ikkita gol kiritib yuborgani ham yodda qolgandi – deydi Baxtiyor Azamovich.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

O'ZBEKISTON KUBOGI. BARCHA FINALLARNING RAMZIY TERMA JAMOASI

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика