So’nggi yangiliklar

12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  3 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  1 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  5 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  4 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  6 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  16

Baxtiyor Ashurmatov: Namanganda futbolga bo'lgan etibor oldingi yillarga qaraganda ancha kuchayadi Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: Namanganda futbolga bo'lgan etibor oldingi yillarga qaraganda ancha kuchayadi

Namanganning Navbahor jamoasi keyingi mavsumda o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yishni rejalashtirmoqda.

Aslini olganda jamoaning keyingi mavsum rejalari mavhum edi. Asosiysi bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatovni jamoada qolish yoki qolmasligi aniq emasdi. Aynan bu masalani echim topmaganligi tayyorgarlik borasidagi rejalarni aniqlashtirishga imkon bermayotgandi. Yaqinda Namangan viloyat hokimi qabulida bo'lgan Baxtiyor Ashurmatov ayrim masalalar borasida kelishib oldi. Ushbu haftada murabbiy viloyat hokimi bilan yana bir bor uchrashib, keyingi mavsum rejalari borasida bafurja kelishib olishadi. Mavsum yakunlari va boshqa bir qator savollarga javob topish maqsadida Navbahor jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovga murojaat qildik. Ushbu taklifimizga Ashurmatov hayrixohlik bildirib, savollarimizga atroflicha javob qaytardi.

- Suhbatimiz avvalida 2015 yilgi mavsum yakunlari borasidagi fikrlaringizni bilishdan boshlasak.
- 2015 yilgi chempionatdan murabbiy sifatida ochig'ini aytganda to'liq qoniqmadim. CHunki chempionatni bir maromda o'tkaza olmadik. To'g'ri biz jangovar kuchli jamoalarga ham qarshi tengma-teng to'p sura oladigan jamoani tuzgandik. Yani tarkibda jamlangan futbolchilar ahil bo'lib, bir oila sifatida shakllandik. +anday holat bo'lishidan qaytiy nazar chempionat oxiriga qadar ijobiy natija uchun harakat qildik. Yakunda esa qatnashuvimizni bir maromda bo'lmaganligi yakunda o'z so'zini aytdi. Bunga misol qilib, chempionatning dastlabki uchta turi davomida atigi bir ochkoni qo'lga kiritdik. Afsuski, Mashal va Metallurg jamoalari bilan o'tkazilgan uchrashuvlarda jamoa bilan birga bo'la olmadim. Baribir ko'p narsa chempionat startidagi o'yinlarga bog'liq bo'ladi. Yani, futbolda chempionatni qay tarzda boshlasang, shu tarzda yakunlaysan degan ibora mavjud. CHempionatni muvaffaqiyatli tarzda boshlay olmaganligimiz yiqqan ochkolarimiz miqdoriga tasir ko'rsatdi. Mavsum davomida yo'qotilgan ochkolar o'rnini to'ldirishga harakat qildik. Mavsum davomida ochkolarimiz zaxirasini to'ldirib bordik. Ikkinchi davrani ko'tarinki ruhda boshlab, uchta o'yinda etti ochko jamg'arishni uddasidan chiqqan bo'lsakda, keyinchalik kuzatilgan beshta o'yindagi ochkosiz seriya chempionatni yuqoriroq o'rinlarga kurashishimizga to'sqinlik qildi.

Meni ko'p ranjitgan o'yin sifatida Jizzaxda So'g'diyonaga qarshi o'tgan bahsni aytib o'tgan bo'lardim. Uchta o'yinda qo'lga kiritilgan ijobiy natijalardan keyin o'z oldimizga qo'yilgan vazifani ado etish yo'lidagi asosiy uchrashuvlardan biri aynan Jizzaxdagisi edi. Balki, jamoamiz azolari ikkinchi davradagi muvaffaqiyatli startdan keyin bo'shashishdimi, biz murabbiylar futbolchilarni kerakli darajada ruhlantira olmadikmi yoki boshqa sababmi shu kuni harakatlarimiz o'xshamadi. Aslini olganda birinchi golga qadar yaxshi o'yin ko'rsatgandik. Bo'lim oxirida oxirida o'tkazib yuborilgan gol jamoamizni sindirib qo'ydi. Aynan shu o'yin barchamizga, muxlislarimizga ham yomon tasir ko'rsatdi. Oldimizga qo'yilgan vazifani bajara olmaganimizda mana shu bahs asosiy omil vazifasini o'tadi deb o'ylayman. Biz murabbiylar bo'lib o'tgan uchrashuvlarni tahlil qilib, kamchiliklar ustida ish olib borishimiz kerak bo'ladi. Murabbiy sifatida qaysi joylarda xatolarga yo'l qo'yganligimiz borasida tegishli xulosalarga kelishimiz lozim bo'ladi. Jamoaning asosiy muammolaridan biri o'tgan yili o'z maydonimizda o'tgan o'yinlarda Paxtakor, Lokomotiv, Nasaf va Bunyodkor kabi etakchi jamoalar qarshi uchrashuvlarda atigi bir ochkoni qo'lga kirita olganimiz bo'ldi. Vaholanki, yuqorida nomlari qayd etilgan jamoalarga qarshi Namanganda jamoamiz o'zining yaxshi o'yinlarini namoyish qila olgan bo'lsada ijobiy natijalarni qo'lga kirita olmagandik. SHu sababli, mag'lubiyatga uchraganligimizga qaramay o'sha bahslar yakunida muxlislarimiz jamoa azolarini olqishlashgandi. Ammo, futbolda o'yin tez unutiladi. Natija esa tarixda qoladi. Mana shu o'yinlar ham alamli bo'lgandi. Yigitlar bor kuchlarini berishgan bo'lsada, yakunda g'alaba qozona olishmagandik. Etakchi jamoalarga qarshi uchrashuvlarda kerakli ochkolarni qo'lga kirita olmaganligimiz, chempionat startidagi muvaffaqiyatsizlik va ikkinchi davradagi beshta o'yindan iborat mag'lubiyatlar seriyasi chempionatda yuqoriroq o'rinlar uchun kurashishimizga afsuski imkon bermadi. Aslini olganda jamoamiz egallagan o'rnidan ko'ra yuqoriroq pog'onalarni egallash imkoniyatiga ega edi.


- Jamoaning qaysi chiziqlaridan ko'nglingiz to'lmadi. Yuzaga kelgan kamchiliklarni o'rnini to'ldirish va jamoani kuchaytirish borasidagi rejalaringizni ham aytib o'tsangiz.
- Jamoada murabbiy sifatida ish boshlaganimda, jamoadagi ishlarni va natijalarni bosqichma-bosqich yaxshilashni murabbiylar shtabi bilan kelishgan holda o'z oldimizga maqsad qilib qo'ygandik. Birinchi o'rinda Navbahorni autsayderlar orasida olib chiqishni rejalashtirgandik. Keyingi vazifa esa yanada yuqoriroq o'rinlar uchun kurashishdan iborat edi. Uchinchi bosqichda esa sovrinli o'rinlar uchun kurashishni oldimizga vazifa sifatida qo'ygandik. Maqsadimiz yo'lidagi birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli tarzda o'ta oldik. Keyingi mavsumlarda ettinchi yoki sakkizinchi o'rinlarni olish vazifasini qo'yish noto'g'ri bo'ladi. CHunki bu haqda oldin ham aytib o'tganimdek, namanganlik muxlislar o'ta talabchan sanalishadi. SHu sababli ularni 6-8-o'rinlar qoniqtirmaydi. SHundan kelib chiqqan holda yuqori o'rinlar uchun kurashadigan jamoani tuzish kerak bo'ladi. CHiziqlar bo'yicha oladigan bo'lsak yakuniga etgan mavsumda darvozabon va himoya chizig'i og'riqli nuqtamiz bo'ldi. Darvozabon borasidagi muammoni ikkinchi davra arafasida mahalliy bo'lgan Akmal Ortiqovni jalb etish orqali hal qilishga erishdik. Himoyada ham muammolarimiz bor edi. Afsuski, bu muammoni bartaraf etish ancha mushkul bo'ldi. Negaki, O'zbekistonda mahoratli himoyachilar kamchilikni tashkil etadi. Birinchi davrada asosiy himoyachilarimizdan biri Tohir SHamsiddinov jamoaga diskvalifikaciya tufayli yordam bera olmadi. SHuningdek, markaziy himoyada keskin raqobatni yuzaga keltira oladigan futbolchilarimiz soni ham kam edi. Afsuski, Yuriy Rijko bu mavsumda 2014 yilgi chempionatdagi kabi to'p sura olmadi. O'z navbatida himoyadagi raqobatni sustligi futbolchilarimizga ham o'z tasirini o'tkazdi deb o'ylayman. Bu muammoni Dilshod Jabborovni himoyaga o'tkazish orqali qaysidir manoda bartaraf etishga erishdik. Umuman olganda darvozabon va himoya masalasi bizni butun mavsum davomida qiynadi.

Hozir keyingi mavsum rejalari borasida gapirish biroz mushkul. Negaki, hali viloyat va klub rahbarlari bilan keyingi rejalar borasida aniq gaplashib olganimiz yo'q. Yaqinda rahbarlar bilan uchrashganimizda, birinchi navbatda jamoa azolari bilan hisob-kitob ishlarini yakunlash va undan keyin navbatdagi rejalar borasida maslahatlashishga kelishib oldik. Umuman olganda oldimizga yaxshi maqsadlarni qo'yganmiz. Yani tarkibni kuchaytirish va bu orqali jamoadagi raqobatni oshirishni ko'zlayotganmiz. Yakuniga etgan mavsumdagi tarkib xususida gap ketganida, nimalarni aytish mumkin. CHempionat oxirlarida jarohatlar soni ortgach, zaxira o'rindig'imizni qisqaligi o'z so'zini aytib, zaxiradan safga qo'shiladigan futbolchilarga ehtiyojimiz ortdi. Masalan, Berdimurodovni mavsum boshida jiddiy jarohat olganligi va uni o'rnini munosib tarzda bosa oladigan futbolchini yo'qligi ham himoyadagi o'yinlarimizga o'z tasirini ko'rsatgandi. Kelgusida bu kabi muammolarni ro'y bermasligi uchun harakat qilamiz.


- Zamonaviy futbolda klublarning moddiy tomondan baqquvvat bo'lishi ko'p narsaga bog'liqligi bor gap. Yani barqaror jamoani shakllantirish uchun moliyaviy holat muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bu borada Sizning fikringiz qanday?
- Hozirgi zamonaviy futbolda ko'p narsani baribir mablaqqa borib taqalishi bor gap. Misol uchun uchun davralar oralig'ida tarkib borasida ayrim muammolar bor bo'lsada, tarkibni kuchaytira olmagandik. Aksincha jamoamizga foydasi tegishi mumkin bo'lgan futbolchilar bilan xayrlashishga majbur bo'ldik. Ixtiyorimizda bo'lgan legionerlarga javob bergan bo'lsakda, ularning o'rniga xorijlik mahoratli futbolchini jamoaga jalb eta olmadik. Bundan tashqari Navbahorga o'tishga rozilik bergan va ko'z ostimizga olib qo'ygan futbolchilarni ham safimizga aynan moliyaviy holatdan kelib chiqqan holda qo'shib ololmadik. Bir so'z bilan aytganda ikkinchi davra oldidan tarkibni kuchaytira olmadik. Aksincha, ichki imkoniyatlardan kelib chiqqan holda ish yuritdik. Futbolchilar bilan jamoadagi moliyaviy holat borasida hech qaysi gazeta, televidenie va internet saytlariga malumot bermaslik borasida kelishib olgandik. Mavsum yakunida rahbarlar hisob-kitob ishlarini yakunlashlariga umid qilgan holda harakat qilindi. SHu sababli moliyaviy tomondan yuzaga kelgan muammolar jamoamiz o'yiniga hech qanday salbiy tasir ko'rsatmadi. Bunday futbolchilar bilan birga ishlaganimdan faxrlanishimni va qo'l ostimda o'ynagan o'yinchilarga yana bir bor minnatdorchilik bildirib o'tishni istardim. Agarda yuzaga kelgan moliyaviy muammolar bartaraf etilsa, keyingi mavsumga aniq vazifalar qo'yilsa, tarkibni kuchaytirgan holda ish yuritish talab etiladi. Aksincha, hisob-kitob ishlari yakuniga etkazilmasa, jamoaga bo'lgan ishonch aksariyat futbolchilarimizda yo'qoladi. Buning oqibatida, boshqa jamoalardan taklif olgan o'yinchilarimizni Navbahor bilan xayrlashishlariga to'g'ri keladi. +anday holat bo'lishidan qatiy nazar jamoaning etakchi futbolchilari saqlab qolinmasa, yangi mavsum arafasida tarkibni shakllantirish borasida qator muammolar yuzaga keladi. CHunki, hozirda yurtimizda mahoratli futbolchilarni topish ancha mushkul.

- Sir emaski, yaqinda Namangan viloyati hokimi o'zgardi. Yangi rahbar bilan uchrashganligingizdan xabardormiz. Bu borada nimalarni ayta olasiz?
- Albatta, viloyat hokimi qabullarida bo'lib ayrim masalalar borasida suhbatlashdik. Xayrulla Hayitboevich Bozorovni futbolga, xususan jamoaga bo'lgan etiborlari va keyingi rejalar borasidagi fikrlari ijobiy taassurot qoldirdi. +abul chog'ida birinchi navbatda haligacha foydalanishga topshirilmagan klub qarorgohida yakunlanmay qolgan tamirlash ishlarini o'z nazoratlariga olishlarini bildirib, bu muammoni qisqa fursat ichida hal etilishiga vada berdilar. SHuningdek, futbolchilar bilan hisob-kitob ishlarini ham tezkorlik bilan amalga oshirish lozimligini, shundan keyin jamoani kuchaytirish borasida o'ylash kerak degan fikrlaridan xursand bo'ldim. SHu bilan birgalikda, viloyat hokimini Namanganda katta futbol bo'lgan, bundan keyin ham bo'lishi kerak degan fikrlarni ilgari surishlari, mahalliy muxlislarni talabchan ekanligidan kelib chiqqan holda jamoani shakllantirishimiz lozimligini aytib, Navbahor yangi mavsumda kamida kuchli beshlik uchun kurashadigan jamoa sifatida gavdalanishi kerak deb takidladilar. Tarkib o'zagini saqlab qolish borasidagi ishlarni ham boshlashim kerakligi ham etirof etildi. Eng asossiysi Namanganda futbolga bo'lgan etibor oldingi yillarga qaraganda ancha kuchayadi. Bunday fikr yuritishimga yangi rahbarimizni futbolga bo'lgan qarashlari, fikrlari va rejalari asos bo'la oladi. Hisob-kitob ishlari yakuniga etgach, viloyat hokimi bilan yana bir bor ko'rishib, keyingi mavsum rejalariga uzil-kesil oydinlik kiritib olamiz.


- Futbolda muxlislarning o'rni ham katta. Namanganlik muxlislarni talabchanligi barchaga malum. Navbahorni sovrinli o'rinlarni egallashiga ko'nikib qolgan muxlislarga chempionatning o'rtamiyona jamoasi bo'lish yoqmasligi bor gap. Jamoa muxlislari borasida qanday fikrdasiz va ularga qanday tilaklar bildirgan bo'lardingiz.
- Ochig'ini aytganda, futbolchilarimizni vaziyatni qanday bo'lishidan qatiy nazar mardonavor tarzda kurashganliklarini aytib o'tdim. Ularni shu tarzda harakat qilishlarida muxlislarimizni daldasi qo'shimcha kuch-quvvat bo'lganligini aytib o'tgan bo'lardim. Jamoamiz azolariga uchrashuvlardan oldin doimo bizni qo'llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislar haqqi hurmati bor kuchlari bilan to'p surishlari lozimligini doimo uqtirib kelaman. Gohida futbolchilar shaniga ishqibozlar tomonidan haqoratli so'zlarni yo'naltirilgan paytlarda ham bunga etibor qaratmasdan o'zlarining chiroyli harakatlari va o'yinlari bilan bunga javob qaytarish kerakligini, aynan shu orqali muxlislar oldida hurmat qozonish mumkinligini aytib kelaman. Navbahorda ikki yil davomida faoliyat olib borgan bo'lsam, ayrim muxlislarni inobatga olmaganda, jamoaning ashaddiy ishqibozlari meni doim qo'llab kelishgan. Fursatdan foydalanib, qo'llab-quvvatlagan Navbahor muxlislaridan minnatdor ekanligimni aytib o'tishni istardim. Nasib qilib, keyingi mavsumda ham jamoadagi faoliyatimni davom ettiradigan bo'lsam, asosiy vazifalardan biri ishqibozlar bilan ham mustahkam aloqalarni yo'lga qo'yishni maqsad qilganman. Jamoa va muxlislar o'rtasida ko'proq uchrashuvlarni uyushtirish, safardagi o'yinlarimizda ishqibozlarimiz sonini yanada ko'proq bo'lishini taminlash, shu bilan birgalikda muxlislar klubini ochish kabi ishlarni amalga oshirish borasida klub direktori G'anisher Ismoilov bilan kelishib olganmiz. SHunday ekan, muxlislar bilan ishlashni kuchaytiramiz. Ishqibozlarimizdan nafaqat, futbolchilar balki murabbiylar shtabi ham minnatdorlar. Mavsum davomida Navbahorni qo'llab-quvvatlab turganliklari uchun rahmat aytamiz.


SHu bilan birgalikda, muxlislarimiz orasida salbiy fikrga egalari ham bor. Xususan ayrim muxlislarimiz jamoa ahil emas, futbolchilarning aksariyati jamoada Ashurmatov qolsa o'ynamaymiz degan fikrlarni bildirishmoqda. Bu kabi gap-o'zlar bizga ham etib keldi. Lekin, ishonchim komilki, jamoadagi har bir futbolchi men uchun tog' bo'lib turib bera oladi, o'z navbatida o'zim ham ularni har qanday sharoitda ham himoya qilaman. Negaki, futbolchilarning barchalari bilan xuddi aka-ukadek munosabatdamiz. Agarda jamoa ahil emas, yigitlarda bir-birlariga bo'lgan hurmat yo'q, futbolchilar Ashurmatov ishlasa ketaman deyishmoqda degan gaplarga ishqibozlarimiz ishonishayotgan bo'lsa jamoa azolari va muxlislar o'rtasida uchrashuv tashkil etish orqali futbolchilar fikrini eshitish kerak. Bu orqali vaziyatga o'zlari baho berish imkoniga ega bo'lishadi. Bu orqali barcha vaziyatga oydinlik kiritib olish imkoniga ega bo'lishadi. Ikki mavsum davomida ahil bir oila sifatida faoliyat ko'rsatganligimizni tasdiqlanishiga ishonchim komil.

Tilaklarga keladigan bo'lsak, ikki yil davomida Navbahorda faoliyat yuritib, muxlislarga yoqadigan jamoani shakllantirishga harakat qildik. To'g'ri ayrim kamchiliklar ham kuzatildi. Lekin, eng asosiysi jamoani mavqeini tiklash uchun intildik. Futbolchilardan ham muxlislar uchun harakat qilishni talab qilib kelaman. Fursatdan foydalanib, ishqibozlarimizga sog'liq-salomatlik va xonadonlarida doimo xursandchilik bo'lishini va jamoani o'zlari istagandek harakat qilishini tilab qolaman.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика