So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  2 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  7 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Baxtiyor Ashurmatov: “Lokomotiv” bilan o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Lokomotiv” bilan o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz”

Pro liga 28-turidan o'rin olgan “Turon” – “Andijon” (4:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Avvalo “Andijon”ni Superligaga chiqqani bilan tabriklayman. Afsuski, “Andijon” va “Buxoro” kabi Superligaga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olganimiz yo'q. SHunday bo'lsada,  biz oxirigacha kurashamiz va 25 noyabr kuni Superligaga yo'llanma olish uchun maydonga chiqamiz. O'ylaymanki, ajoyib bo'ladi. Hozirda jamoamiz futbolchilari holati juda yaxshi. Umid qilamanki, mazkur pley-off bahsida g'alaba qozonamiz.

Ushbu bahsda jamoamiz katta hajmdagi ishlarni bajardi va haqli ravishda g'alaba qozondi. Surerligaga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olmaganimiz sabab g'alabadan xursand bo'lmasligimiz mumkin. Lekin shu tariqa harakat qilsak, pley-offda muvaffaqiyat qozonamiz. Mavsumdagi oxirgi o'yinimizda muxlislarimiz bizni qo'llab-quvvatlab turishadi. Biz esa ularga munosib javob qaytarishga harakat qilamiz.

“Andijon” tarkibida Mamatkazin, Bubanya, Milochko, Erkinov kabi bo'ydor futbolchilari maydonga tushmagani sabab o'zlarining ustunlik tomonlaridan foydalana olmadi. Boshqacha futbol namoyish etdi. Bu esa bizga ustunlik qildi. 

- “Lokomotiv”ga qarshi o'yinda jamoangiz hujumkor futbol ko'rsatadimi?

-  Toshkentliklar safida yuqori saviyali futbolchilar bor. Yuqori pressingga etibor qaratib, darvozamizdan uzoqroqda ularni to'xtatishga etibor bersak, “Lokomotiv”da individual futbolchilar bor va ular bundan chiqib ketishlari mumkin. Bu o'yinga qadar uch kun vaqtimiz bor va bu haqda o'ylab ko'ramiz. “Lokomotiv” ishtirokidagi so'nggi bahslarni kuzatib, tayyorgarlik ko'ramiz. Hujumkor yoki himoyaviy futbol ko'rsatishimiz o'yinga yaqin hal bo'ladi. Lekin shuni ayta olamanki, jamoamiz ushbu bahsda jangovar futbol ko'rsatadi. 

- “Andijon”da jiddiy yo'qotishlari bor edi. Tarkibdagi o'zgarishlar sizni ajablantirdimi?

- Bubanyani uyiga ketgani, Mamatkazinda sariq kartochkalar ko'pligi, G'ulomov nega safdan chiqqani, Erkinovning jarohati haqida malumotlar bor edi. Bu biz uchun syurpriz emasdi. Viktor Balyutovichning himoyadagi muammolar sabab Milichni himoyaga qo'ydi. Bu bizga yangilik bo'ldi deyish mumkin. Lekin Milichni himoyada o'ynashi, bizning himoyachilarimizga foydali bo'ldi. Agar u hujumda o'ynaganida Polvonov bilan yaxshi vaziyatlar yaratishi mumkin edi. Lekin bu o'zgarishlar bizga syurpriz bo'lmadi. Bir so'z bilan aytganda, “Turon” o'z ishtirokidagi bahsda g'alaba qozonishi edi. Keyinchalik “Buxoro”ning natijasiga etibor qaratardik. Ming afsuski, Superligaga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma ololmadik. Endi pley-off orqali vazifani bajarishga harakat qilamiz. 

- “Turon”dagi taqdiringiz Superligaga chiqishga bog'liqmi yoki har qanday holatda ham jamoada qolasizmi?

- Buni mavsum yakuniga etganidan keyin rahbariyat bilan kelajagim borasida bir to'xtamga kelamiz. Hozir bu haqda o'ylaganim yo'q. Bor etiborimizni Superligaga chiqish uchun kurashamiz. SHuni aytamanki, “Turon”dagi ko'p futbolchilarni bilardim. Lekin ish boshlaganimdan keyin ular bilan yanada tanishib chiqqanimizcha, biroz vaqt o'tib ketib qoldi. Buni bahona qila olmayman. Oxirgi bahslarda futbolchilarning imkoniyatlarini ko'rib oldik. Biz o'z ishimizni munosib bajarimiz kerak, qolganini rahbariyat hal qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика