So’nggi yangiliklar

19:07Норчаев, Холматов, Абдухолиқов ва бошқалар ... Суперлига 13-тур рамзий терма жамоаси  0 19:04Абрамов мантиқан ҳеч нарса йўқотмади, Зейтуллаев учун керакли ғалаба эди — Абдулазиз Искандаров таҳлили  1 18:50Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Машъал", "Сўғдиёна" – "Қизилқум". Таркиблар маълум  1 18:45Про лига. "Арал" – "Локомотив" 1:0 (онлайн ҳисоб)  1 18:39"Футбол олами". "Динамо"да мавсумдаги илк мағлубият, "Навбаҳор" - ОКМК 3:0 — 13-тур ҳақида батафсил   0 18:10Носир Абдусаломов: "Қўқонда 120 дақиқа осон бўлмаганди, "Динамо" билан ўйинга ўзига ҳос куч топа олдик"  1 18:00Лукаку: "Роналду каби 40 ёшгача ўйнашни хоҳлардим"  2 17:10Бэйл "Кардифф"ни сотиб олиб, уни АПЛга олиб чиқмоқчи  2 16:43Энрике Клублар ўртасидаги ЖЧ стадионларидаги майдонлар ҳолатидан нолиди  9 16:18ЎФА раҳбарияти Майамидаги ФИФА Ижроия футбол саммитида қатнашди  3 15:56Маскерано: "Интер Майами" дунёнинг энг яхши 16 жамоаси қаторига кирди"  17 15:34"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди?  9 15:14МЮ Мбеумо учун курашда пешқадам ва у учун катта пул ажратишга тайёр  1 14:45Лотар Маттеус "Манчестер Сити"га Тер Штегенни сотиб олишни маслаҳат берди  1 14:17Жонни Эванс МЮда маълум бир лавозимга тайинланади  2

Baxtiyor Ashurmatov: “Futbolda nomlar g'alaba qozonmaydi” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Futbolda nomlar g'alaba qozonmaydi”

“So'g'diyona” – “Navbahor” (2:0) uchrashuvi yakunlanganidan so'ng tashkil matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.


– Futbolda nomlar g'alaba qozonmaydi. Futbolchi har bir maydonda bor kuchi bilan yuqori saviyada o'ynashi kerak. “Navbahor” bugun “So'g'diyona”dan past saviyada o'ynadi.

-Bugun hech bir shogirdim men hohlagandek o'yin ko'rsatmadi. Futbolchilar ko'rsatgan o'yindan ham, murabbiylar shtabidan ham qoniqmadim.

– Baqoev yuqoridan uzatiladigan to'plar uchun bo'ladigan kurashlarda yaxshi harakat qiladi. Tavakkal qilib uch hujumchi bilan o'ynaganimizdan Jizzaxliklar unumli foydalanishdi. Ko'p bo'shliqlar yuzaga kelgandi.

– Bugun “So'g'diyona” maydonga ohirggi jangga chiqqandi tushdi. Jizzaxliklarda bugungi o'yinda katta ishtyoq bor edi. Muzaffarov tomonidan kiritilgan gol ularga yana qo'shimcha kuch bag'ishladi. SHogirdlarimda esa buning aksi, ular birinchi goldan keyin o'zlariga kelishlari qiyin bo'ldi. Boydadaevni almashtirilishiga sabab, u ogohlantirish olgandi. Rahmatullaevning maydonga tushirilishi esa u so'nggi o'yinlarda ijobiy taasurot qoldirayotgandi. Futbolchilarimiz ikkinchi bo'limda bo'sh o'yin ko'rsatishdi. Bunda murabbiylar ham aybdor.

– Men yordamchilarimga ishonaman. Lekin o'yin vaqtlari futbolchilarga ko'rsatmalarni men beraman. Yordamchilarim maydonda ro'y berayotgan hato va kamchiliklarni menga etkazib turishadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика