Baxtiyor Ashurmatov: “Bunyodkor”ga murabbiy sifatida ham qo'limdan kelganicha yordam bermoqchiman”
17 dek 2013 21:21
Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Bunyodkor”ga murabbiy sifatida ham qo'limdan kelganicha yordam bermoqchiman”
Bu yil oliy ligada bosh murabbiy sifatida debyut mavsumini o'tkazgan Baxtiyor Ashurmatov, “Guliston”da yoshlardan iborat kurashchan jamoa tuzib, ko'pchilik muxlislarda ijobiy taassurot qoldirdi.
Garchi sirdaryoliklar elitani tark etgan bo'lsada, mahalliy ishqibozlar Ashurmatovdan norozi emas.
Uning bu yilgi faoliyatini beetibor qoldirmagan “Bunyodkor” klubi Ashurmatovni murabbiylar shtabida ishlashga taklif bilan chiqdi.
Yosh murabbiy ham o'z navbatida sobiq jamoasidan tushgan chorlovni “labbay” deya qabul qildi. SHu munosabat bilan Ashurmatovdan intervyu oldik.
- Baxtiyor aka, sobiq jamoangiz bo'lmish “Bunyodkor”ga qaytdingiz. Faqat bu safar murabbiy sifatida. Ochig'i, sizning boshqa klubga bosh murabbiy sifatida o'tishingiz tahmin qilinayotgandi. “Qaldirg'ochlar”ning taklifi ko'proq nimasi bilan etiboringizni tortdi?
- To'g'ri, oldimda elita vakillari va birinchi liga jamoalaridan kelib tushgan takliflar bor edi. Lekin “Bunyodkor”ning chorlovi menga har tomonlama maqul keldi. Garchi yordamchi murabbiy sifatida ishlasamda, bu klubda murabbiy sifatida ko'p narsalarni o'zim uchun kashf etishimni tushunib etdim. O'zbekiston chempioni va mamlakat Kubogini qo'lga kiritgan jamoada ishlash har tomonlama foydali bo'lishini xis qildim.
- Jamoaga sizni shaxsan Mirjalol Qosimovning o'zi taklif etdimi yoki bu tashabbus klub rahbariyatidan chiqdimi?
- Avvalo Mirjalol aka klub rahbarlari bilan bu borada maslahatlashgan xolda, meni yordamchilikka taklif qildi. Bir so'z bilan aytganda bu “Bunyodkor” FKning taklifi edi. Bilasiz jamoa men uchun begona emas. Ilgari futbolchi sifatida o'ynaganman. SHu bois jamoaning barcha azosi bilan iliq munosabatni saqlab qolingan. Mirjalol Qo'shoqovich bilan ilgari maydonda birga to'p tepganmiz. Mana kelasi yil nasib qilsa murabbiylar shtabida ham u kishi bilan birga ishlaydigan bo'ldim. “Bunyodkor”da ishlab Qosimov va yordamchi murabbiy Aleksandr Volkovdan ko'p narsalarni o'rganmoqchiman.
- Qosimov bilan ilgari maydonda birga harakat qilganman dedingiz. Aytingchi murabbiy sifatida ham birga ishlashingizni kutganmidingiz?
- Futbolda shunday sport turiki, futbolchi va murabbiyning hayoti tez-tez o'zgarib turadi. Ertaga nima bo'lishini oldindan aytib bo'lmaganidek. To'g'risi men bunday bo'lishini sira kutmagandim. SHu o'rinda shaxsan Mirjalol aka Qosimov va “Bunyodkor” FK rahbariyatiga taklif uchun o'z minnatdorchiligimni bildirib o'tmoqchiman. Nasib qilsa murabbiy sifatida ham klub rivoji uchun qo'limdan kelgan barcha ishni amalga oshirishga tayyorman. Bor bilim va mahoratimni berib astoydil ishlamoqchiman.
- SHartnoma necha yilga mo'ljallandi?
- Bir yilga. Keyinchalik xorij klublariga borib ham, murabbiy sifatida mahoratimni oshirib qaytmoqchiman va albatta yana biror bir jamoada bosh murabbiy sifatida ishlash niyatim bor. Agarda kelgusida o'z oldiga jiddiy va aniq maqsad qo'ygan klublardan takliflar bo'lsa, o'ylaymanki, Mirjalol aka Qosimov va “Bunyodkor” FK bunga qarshilik qilmaydi.
- “Bunyodkor”ga murabbiy sifatida qaytishingizni jamoadagilar qanday qabul qilishdi?
- Ayni paytda PRO murabbiylik qursida tahsil olayotganim tufayli, to'g'risini aytsam, hozircha “Bunyodkor” mashg'ulotlariga borib ishtirok eta olmayapman. O'qishlar anchagina jiddiy suratda o'tmoqda. Intizom birinchi o'rinda. Darslarni qoldirish bo'lmayapti. “Bunyodkor” jamoasi ham o'qishimni inobatga olib menga barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Bu ham menga ruhan dalda bo'lmoqda.
- Yaqinda ushbu klubga “Guliston”dan Bobur Akbarov ko'chib o'tdi. SHuningdek Alisher SHog'ulomov ham “qaldirg'ochlar” qiziqishi doirasidan o'rin olgan. Bu ikki shogirdingizning chempion safiga borib qo'shilishini muxlislar siz bilan bog'lamoqda. Haqiqatdan ham shundaymi?
- Yo'q men unday demagan bo'lardim. Bilasizmi “Bunyodkor” murabbiylar shtabi Akbarovni butun mavsum mobaynida kuzatishdi. To'g'ri uni “qaldirg'ochlar”ga men tavsiya qilganman. Bobur bir yil davomida “Guliston”da o'ynab katta o'sishga erishdi. O'z ustida ishlashni yanada oshirsa bemalol yangi klubida ham o'ynab keta oladi va shu orqali terma jamoa tarkibiga tushishi ham mumkin. Ko'p narsa futbolchining o'ziga bog'liq.
“Guliston” bilan “Bunyodkor”ni solishtirib bo'lmaydi. Poytaxt jamoasida raqobat kuchli. SHuning uchun Akbarov o'z kuchiga ishonib, hayajonlanmasdan o'ynashi kerak. Boburga “Bunyodkor” vakillari taklif bilan chiqishganida u menga bu borada murojaat qilib maslahat so'radi. CHempion safiga o'tsa yaxshi bo'lishini aytib, shogirdimga omad tiladim.
Agarda men bu klubga o'tmaganimda ham Bobur Akbarov baribir “Bunyodkor”ga o'tgan bo'lardi. Bu oldindan malum edi.
Alisher SHog'ulomovga kelsak, haqiqatdan unga ham “Bunyodkor”dan taklif bor. Yaqin kunlarda istedodli hujumchi klub yig'iniga kelib qo'shilsa ajab emas.
- Agarda “Guliston”dan yana o'yinchi olish kerak bo'lganida siz yana kimlarni “Bunyodkor” murabbiylariga tavsiya qilgan bo'lardingiz?
- Oldin ham aytganman, “Guliston” futbolchilarining ko'pchiligi oliy liganing etakchi jamoalarida bemalol o'ynab keta oladi. Mo'ydin Mamazulumov bundan bir necha kun avval o'z “Mashal” bilan shartnoma tuzdi. Bobur Akbarov esa “Bunyodkor” azosiga aylandi. Aminmanki, sobiq jamoamdagi o'yinchilar kelasi yil ham jamoasiz qolib ketmaydi. Agar siz aytgandek xolatga duch kelsak, hech ikkilanmasdan Rabbim Hasanovni chaqirgan bo'lardim. Bu futbolchi juda ham oddiy. Mehnatkash yigit. Maydonda aql bilan harakat qiladi.
Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi

Fikrlar