So’nggi yangiliklar

16:18Гринвуд "Ал Насср"га қўшилиши мумкин  0 15:55"Нефтчи" посбони, 1:0 ҳисобида ютган мураббий, дублга эришган ҳужумчи — Суперлигада 18-турнинг энг яхшилари   1 15:41Элдор Шомуродов "Викинг"га қарши баҳсдан сўнг нималар деди?  2 15:13Суперлига 18-тур рамзий терма жамоаси  3 14:46"Манчестер Сити" Родриго борасида "Реал" билан музокараларни бошлади  2 14:18"Барселона" янги мавсум олдидан катта йўқотишларга учради  10 13:49"Челси" КЖЧдаги бонусларини Диогу Жотанинг оиласига хайрия қилади  5 13:26Дембеле – 2025 йилда голли ҳаракатлар бўйича Европанинг энг яхши футболчиси  17 12:57Мавсум давомидаги энг кўп томошабин Суперлиганинг 18-турига келди  11 12:34Расман: "Милан" Бельгия терма жамоаси аъзоси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 12:10Ямаль ўзининг хатти-ҳаракати билан Фликни ғазаблантирди. "Барселона" мураббийи нимадан норози?  9 11:48"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси   34 11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  7 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  19 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  3

Baxtiyor Ashurmatov: "Ahil jamoa tuza oldik" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Ahil jamoa tuza oldik"

Coca Cola Superligasi 8-turi doirasida AGMKdan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Kayfiyatim yaxshi emas. CHunki birinchi bo'limni yomon o'tkazmadik. Ikkinchi taymni ham unchalik yomon boshlamagandik. Lekin Sanjar Tursunov ushbu mavsumni bezaydigan gol muallifiga aylandi va bu gol o'yin taqdirini hal qildi deb o'ylayman. Oxirigacha kurashishgani uchun yigitlarga ham minnatdorlik bildiraman. Hech bo'lmasa durang uchun o'ynashdi, afsuski bizdan omad yuz o'girdi. 

- "Qo'qon-1912" yaxshi start oldi. Garchi bugun mag'lub etilgan bo'lsa-da, jamoa turnir jadvalida yuqori o'rinlar uchun kurashmoqda. Umuman olganda qisqa davr mobaynida shunday raqobatbardosh jamoa tuzish qanchalik darajada qiyin bo'ldi?
- Biz ahil jamoa tuza oldik. Bugun o'yindan oldin kiyinish xonasida yigitlarga uydagi g'alabalar bilan yuqori marralarga erishish qiyinligini aytgandim. To'g'ri, hozirda turnir jadvalida yuqori o'rinlardamiz, lekin bizning asosiy raqobatchimiz bo'lgan AGMKga mag'lub bo'ldik. Agarda chempionatda yuqori pog'onalar uchun kurashmoqchi bo'lsak, shunday o'yinlarda yutishimiz kerak bo'ladi. Bugun ham yomon o'ynamadik. Yaxshi o'yin bilan bir qatorda natijani ham yaxshilab ketishimiz kerak. SHu orqali biz mavsum yakunida yuqori o'rinlarda bo'lamiz. Umuman olganda yigitlarning psixologiyasini o'zgartirishga muvaffaq bo'ldik. So'nggi yillarda "Qo'qon-1912" jamoasi, afsuski, Superligadan tushib ketmaslik maqsadida kurashayotgandi. Futbolchilarda ishonch yuqoriligi bois, O'zbekistonning eng kuchli jamoalaridan biri, tarkibi ham, zaxirasi ham kuchli yuqori saviyali futbolchilardan tashkil topgan AGMKga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berayotgan paytda ham sinib qolmadik. Mavsum yakunida yuqori o'rinlarda bo'lishni juda ham istaymiz. Buning uchun hozirgi olgan startimizni saqlab qolishimiz kerak bo'ladi. Mehmondagi o'yinlarda ham nafaqat durang, balki g'alaba uchun ham kurashishimiz kerak bo'ladi.

- Bugun markazda Iqbol Malikjonov o'ynadi, Ro'zievni esa biroz o'ngroqqa surdingiz. Negadir bugun Quvondiq o'zini yaxshi his qilmagandek ko'rindi.
- Gapni ochig'i, AGMKning o'yinlarini ko'rib chiqqanimizda, tarkibda Bahrom Abdurahimov, Sanjur Tursunov, Erkin Boydullaev kabi futbolchilar markazda harakat qilayotgandi. SHu boisdan biz tayanch yarim himoyamizni kuchaytirish maqsadida Iqbol Malikjonovni tarkibga kiritishga qaror qildik. Iqbol ham yomon o'ynamadi. Umuman olganda tanlagan tarkibimiz o'zini oqlamadi deyishdan yiroqman. CHunki jamoa yomon o'yin ko'rsatmadi. Balki bundan-da yaxshiroq o'ynash mumkindir. O'tgan mavsumda Quvondiq ko'plab uchrashuvlarni o'ng qanot yarim himoyasida o'tkazgan. Yuqorida aytib o'tganimdek, bugungi o'yin taqdirini ikkinchi gol hal qildi.

- "Qo'qon-1912"ning oldiga aniq bir maqsad qo'yilganmi yoki jamoa yuqori o'rinlar uchun kurashadimi?
- Rahbariyat bilan gaplashganimizda avvaliga o'tgan yillar davomida bo'layotgan muvaffaqiyatsizliklarni engib o'tib, tarkibni bosqichma-bosqich shakllantirib borish va keyinchalik yuqori o'rinlar uchun kurashishimizni aytishgandi. So'ngra Osiyo chempionlar ligasi yo'llanmasi uchun raqobatbardosh jamoa tuzmoqchimiz. Jamoada raqobatni oshirish uchun shunga yarasha kuchli futbolchilar bo'lishi kerak va shu boisdan bosqichma-bosqich bunga erisha olamiz. Jamoani qabul qilib olganimda menga 3-o'rinni olish yoki OCHLga chiqish kabi konkret vazifa qo'yilmagan. Asosiysi shundaki, biz "Qo'qon-1912"ni yuqori o'rinlar uchun kurasha oladigan raqobatbardosh jamoa qilishni kelishib olgandik. Balki bunga erishayotgandirmiz. To'g'ri, endi 8 tur o'tdi. Ammo ko'rinib turibdiki, jamoamiz quyi o'rinlar uchun kurashmaydi. Hozir birinchi davra tugab, transferlar oynasi ochilishini kutyapman. CHunki hozirda ayrim kamchiliklarimiz bor. SHularni to'ldirib, raqobatni kuchaytirib, turnir jadvalida yuqori pog'onalarda bo'lish uchun kurashishni istaymiz. Futbolchilarimning salohiyati, mahorati bilan biz ushbu mavsumning o'zidayoq tepadagi o'rinlardan birini egallamoqchimiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика