So’nggi yangiliklar

19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   1 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  1 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  2 17:58"Ливерпуль" икки футболчи учун 105 млн фунт сарфлашга тайёр  1 17:14"Атлетико" Лунинни "Реал"дан 15 млн еврога харид қилишга тайёр эди  0 16:32"Манчестер Юнайтед" де Лигт учун "Бавария"га 45 млн фунт таклиф қилади  1 16:02"Ливерпуль" Саудия Арабистони клублари учун ван Дейкка нарх қўйди  1 15:38"Барселона" де Йонг билан шартномани узайтирмоқчи  4 15:10Улуғбек Ҳошимов: "Ўзим катта бўлган жамоага қайтиш ёқимли. "Пахтакор" билан катта ютуқларга эришишни мақсад қилганман"  3 14:33"Ал Иттиҳод" Эдерсонни харид қилишга уриниб кўради, "Ман Сити" 50-60 млн евро хоҳламоқда  0 13:47"Астон Вилла" "Барселона" собиқ ўйинчисини сотишга тайёр  0 13:20"Манчестер Юнайтед" Маунтни сотишга тайёр  3 12:55ПСЖ йирик трансферга қўл уришга яқин  1 12:39Қирғизистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Ўзимиз йўл қўйган хатоларимиз сабабли мағлуб бўлдик. Осиё кубогида Японияни мағлуб этганимиздан сўнг босимни ҳис қилдик"  1 12:17"Барселона" Уильямснинг товон пулини фаоллаштиришга тайёр  1

"Bavariya"ning ECHLdagi yirik g'alabalari (TOP-10) Yangiliklar

"Bavariya"ning ECHLdagi yirik g'alabalari (TOP-10)

Myunxen klubi CHempionlar Ligasining 1/8 finali javob bahsida "Zalcburg"ni o'ta yirik hisobda mag'lub etdi (7:1).

Aytish kerakki, myunxenliklar nufuzli musobaqada yirik hisobda g'alaba qozonish bo'yicha etakchi hisoblanadi. Quyida mana shunday bahslar borasida so'z yuritamiz. 

"BAVARIYA" – "BAZEL" 7:0

"Bavariya" 2012 yili CHempionlar Ligasi 1/8 finali birinchi bellashuvida "Bazel"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan. Javob bahsida myunxenliklar raqib darvozasiga javobsiz 7 ta to'p kiritishgan edi. Mario Gomes shu kuni shveycariyaliklar posbonini 4 marotaba ojiz qoldirgan. Aren Robben dublga erishgan bo'lsa, Tomas Myuller esa bitta gol urishga muvaffaq bo'lgandi. SHu tariqa, "Bavariya" 7:0 hisobidagi g'alaba bilan keyingi bosqichga yo'llanma olgandi. 

"ROMA" – "BAVARIYA" 1:7

2014 yil 21 oktyabr kuni "Bavariya" guruh bosqich doirasida 3-tur uchrashuvini Rimda "Roma"ga qarshi o'tkazgan. Bahs to'liq "Bavariya"ning ustunligida o'tgan va jamoa 7:1 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritgan. SHu kuni "Bavariya" safida gollarga Aren Robben (2 ta), Mario Gyotce, Robert Levandovski, Tomas Myuller, Frank Riberi va Jerdan SHakiri mualliflik qilgan bo'lsa, rimliklar tarkibida Jervino myunxenliklar darvozasini ishg'ol qilgan. 

"BAVARIYA" – "SHAXTYOR" 7:0

2015 yilning 12 mart kuni "Bavariya" klubi o'z maydonida CHempionlar Ligasining 1/8 finali javob bahsida "SHaxtyor"ni qabul qiladi. SHu kuni nemislar raqib darvozasini naqd 7 marotaba ishg'ol qilib, keyingi bosqichga yo'llanma olishadi. "Bavariya" tarkibidagi gollarga Tomas Myuller (2 ta), Jerom Boateng, Frank Riberi, Xolger Badshtuber, Robert Levandovski va Mario Gyotce mualliflik qiladi. 

"BAVARIYA" – "PORTU" 6:1

Germaniya grandi "SHaxtyor" to'sig'idan o'tganidan keyin "Portu"ga qarshi maydonga tushadi. Portugaliyada kechgan bahsda "Bavariya" 1:3 hisobida yutqazib qo'yadi. Natijada, Myunxendagi bellashuvda ular yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritishlariga to'g'ri keladi. Buni esa nemislar ajoyib tarzda uddalashadi hamda raqib darvozasini birin-ketin ishg'ol qiladi. Yakunda hisob 6:1 ga etadi. Robert Levandovski (2 ta), Tiago Alkantara, Jerom Boateng, Tomas Myuller va Xabi Alonsoning gollari germaniyaliklarga g'alaba taqdim qiladi. 

"ARSENAL" – "BAVARIYA" 1:5 va "BAVARIYA" – "ARSENAL" 5:1

"Bavariya" 2017 yilning 16 fevral va 8 mart kunlari CHempionlar Ligasining 1/8 finali doirasida "Arsenal"ga qarshi ikkita uchrashuv o'tkazadi. Etiborlisi, har ikkisida ham germaniyaliklar bir xil — 5:1 hisobidagi g'alabani tantana qilishadi. Natijada, "Bavariya" ikki o'yin natijasiga ko'ra 10:2 hisobida muvaffaqiyat qozonib, chorak final yo'llanmasiga ega bo'ladi. 

"TOTTENXEM" – "BAVARIYA" 2:7

Guruh doirasida o'tkazilgan uchrashuv. O'yinda dastlab "taqachilar" hisobni ochgan bo'lishlariga qaramay, yakunda sharmandalarcha mag'lubiyatni qabul qilib olgan. Serj Gnabri shu kuni inglizlar darvozasini 4 marta ishg'ol qiladi. Levandovski esa ikki marotaba Loris qo'riqlayotgan darvozani nishonga oladi. Qisqasi, nemislar shu kecha "Tottenxem" ishqibozlarini uylariga xafa holatda qaytishlariga sababchi bo'lgandi.


CRVENA ZVEZDA – BAVARIYA – 0:6
Bu bellashuv guruh bosqich doirasida o'tkazilgan. Yani, 2019 yilning 27 noyabr kuni Serbiyada bo'lib o'tadi. Unda “Bavariya” 6:0 hisobidagi muvaffaqiyat bilan ortga qaytadi. Robert Levandovski shu kecha pokerga erishadi. Polyak 53, 60,64 va 67 daqiqalarda ketma-ket gollar uradi. Leon Gorecka va Korenten Tolisso esa bir marotabadan serbiyalik darvozasini ishg'ol etadi.

BARSELONA – BAVARIYA – 2:8
2020 yilning 15 avgust kuni “Barselona” muxlislarining qalblarini yaralagan kun sifatida tarixda qoladi. Pandemiya sharoitida o'tkazilgan qarama-qarshilikda “Bavariya” raqibini yanchib tashlaydi. Erta taslim bo'lgan kataloniyaliklar yakunda 8:2 hisobida raqibiga yutqazib qo'yadi. SHu kuni germaniyaliklar tarkibida Tomas Myuller va Felipe Koutino ikki marotaba to'p yo'llashga muvaffaq bo'ladi.

ZALCBURG – BAVARIYA – 2:6
O'sha yilning 4 noyabr kuni “Bavariya” Avstriyaga safar uyushtiradi. Mahalliy “Zalcburg”ga qarshi kechgan bahsda germaniyaliklar 6:2 hisobida zafar quchadi. Levandovski ikki bor raqib posbonini ranjitadi. Leroy Sane, Jerom Boateng, Lukas Ernandeslar bir marotaba to'p yo'llashadi. Yana bir gol avtogol sifatida qayd etiladi.

BAVARIYA – ZALCBURG – 7:1
8 mart kuni esa “Bavariya” eski tanishi “Zalcburg”ni shunchaki yanchib tashladi. Bu safar germaniyaliklar 7:1 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi. Levandovski esa bu safar xet-trikka erishib, turnir to'purarlar ro'yxatida etakchi bo'lib oldi. Tomas Myuller bo'lsa, dubl qayd etib, CHempionlar ligasidagi gollari sonini oshirib oldi.


Samandarbek tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика