"Bavariya"ni boshqarish uchun yangi nomzod paydo bo'ldi. U 2017 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan
12 noy 2019 12:17
Yangiliklar
"Bavariya"ni boshqarish uchun yangi nomzod paydo bo'ldi. U 2017 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan
"Bavariya" rahbariyati bosh murabbiylikka Xabi Alonso variantini o'rganmoqda.
Myunxen klubi oldinroq jamoada Xosep Gvardiola qo'l ostida o'ynagan Xabi Alonsoni bosh murabbiylikka taklif qilmoqchi.
Qayd etish kerakki, "Bavariya" rahbariyati va direktorlar kengashi Alonsoga ishonishmoqda va uni uzoq muddat jamoada qoladigan murabbiy sifatida ko'rishmoqda.
Alonso hozirgi vaqtda "Real Sosedad"ning ikkinchi jamoasida bosh murabbiylik qilmoqda.
Olinroq, jamoa bosh murabbiyligiga Maurisio Pochettino, Joze Mourinyu va Tomas Tuxellarning nomzodlari aytilayotgan edi.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik sobiq futbolchi "Bavariya"da 2014-2017 yillarda o'ynagan.
Fikrlar