"Bavariya"ga yangi prezident tayinlandi
03 may 2014 00:49
Yangiliklar
"Bavariya"ga yangi prezident tayinlandi
Germaniyaning "Bavariya" klubi kengashi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
"Bavariya" klubining sobiq prezidenti Uli Xeness uz lavozimini tark etganidan xabaringiz bor.
Juma kuni kechasi Myunxenda "Bavariya" klubi kengashi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda klubga yangi prezident saylandi. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar berdi.
Endilikda "Bavariya" prezidenti sifatida Karl Xopfner ish boshlaydi.
Karl Xopfner bu lavozimda 2016 yilgacha ishlashi ko'zda tutilgan.
"Bavariya"ning yangi prezidenti Karl Xopfner bu lavozimni egallaganidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Barchaga rahmat, menga bildirilgan ishonchdan juda xursandman. Men "Bavariya" uchun butun vujudim va qalbimni berib ishlayman. Men "Bavariya" prezidenti ekanligimdan faxrlanaman", - deb o'z so'zlarini yakunladi Karl Xopfner.
Fikrlar