"Bavariya"da kibersport jamoasi paydo bo'ladi
28 fev 2019 16:25
Yangiliklar


"Bavariya"da kibersport jamoasi paydo bo'ladi
"Bavariya" prezidenti Uli Xyoness kibersport yo'nalishida rivojlanish borasidagi fikrini o'zgartirdi.
Xyoness nemis OAVga intervyu berayotib, klub rahbariyati bilan kibersport yo'nalishini ochishni muhokama qilganini aytib berdi.
Klub prezidentining so'zlariga ko'ra, klub "chaqiruvni qabul qiladi" va yaqin oylar ichida ushbu loyiha ustida ishlaydi.
Xyoness 2018 yilning yozida "Bavariya"da kibersport jamoasini ochishga taqiq qo'ygan edi. O'shanda "Bavariya" rahbari ushbu yo'nalishning istiqbolini ko'ra olmagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar