“Bavariya” yozda to'rt nafar futbolchisidan tashqari barchani sotishga tayyor
22 fev 2024 12:18
Yangiliklar
“Bavariya” yozda to'rt nafar futbolchisidan tashqari barchani sotishga tayyor
Yozda “Bavariya” katta “tozalash” ishlari olib boriladi.
Nemis jamoasi yozda to'rt nafar futbolchisidan tashqari qolgan barchani sotishga tayyor. Sky Sport Deutschland xabariga ko'ra, faqat hujumchi Harri Keyn, yarimhimoyachilar Tomas Myuller va Jamol Musiala, darvozabon Manuel Noyer daxlsiz sanaladi. Qolgan futbolchilarning o'yinlari diqqat bilan tahlil qilinadi. Jamoada jiddiy o'zgarishlar qilish uchun klubga katta mablag' kerak bo'ladi.
Fikrlar