“Bavariya” va GPS hamkorlikni yo'lga qo'ydi
14 noy 2014 23:30
Yangiliklar


“Bavariya” va GPS hamkorlikni yo'lga qo'ydi
AQSHning bolalar futbolini qo'llab-quvvatlash tashkiloti GPS endilikda "Bavariya" klubi bilan o'zaro aloqalarni yo'lga qo'yib oldi. Hamkorlikdan asosiy maqsad bu yosh futbolchilar va murabbiylarni tajribasini oshirib borish va "Bavariya" klubi siyosatini kelajakda AQSHda ham qo'llashdan iborat.
“Men 11 yoshimda "Bavariya"ning yoshlar jamoasiga kelib qo'shilgandim. Bu erda hamma narsa eng yuqori darajada olib boriladi. Aynan shu klub akademiyasida olgan bilimlarim meni shu darajaga chiqishimga asosiy omil bo'ldi", - deydi "Bavariya" sardori Filipp Lam.
“GPS va “Bavariya”ning ushbu hamkorligi AQSHda bolalar va kattalar futbolini rivojlanishi uchun ham katta qadam bo'ladi”, - deb qo'shimcha qildi "Bavariya" klubining xalqaro direktori Yorg Vakker.

Fikrlar