
"Yurgen Klopp men bilan gaplashdi va o'z jamoasini taniishtirdi", - deydi yosh futbolchi.
Shuningdek, "Borussiya D" klubi sport direktori Mixael Cork ham bu futbolchi haqida gapirib o'tdi.
"Edegor yevropaning eng iqtidorli futbolchilar biri bo'lishi kutilmoqda. Bu futbolchi haqiqiy istedod sohibi. Edegorni sotib olish bizni rejamizga kiritilgan", - deya "Borussiya D" sport direktori qo'shimcha qildi.
Martin Edegorga yana bir Germaniya klubi Myunxenning "Bavariya" jamoasi katta qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Norvegiyalik ushbu futbolchi Yevropa saralash bosqichlarida maydonga tushgan eng yosh futbolchi sifatida rekord o'rnatdi. 15-yoshli futbolchi Bolgariyaga qarshi o'yinning 64-daqiqasida zaxiradan tushirilgan edi.