"Bavariya" sobiq himoyachisi Rafinya "Gremio" o'yinchisiga aylandi
29 mar 2021 16:18
Yangiliklar
"Bavariya" sobiq himoyachisi Rafinya "Gremio" o'yinchisiga aylandi
"Bavariya" va "SHalke" sobiq himoyachisi Rafinya faoliyatini Braziliya chempionatida davom ettiradi.
35 yoshli futbolchi "Gremio" bilan shartnoma imzoladi.
Tomonlar o'rtasidagi bitim 2021 yilning so'nggiga qadar mo'ljallangan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tajribali futbolchining so'nggi ish joyi Pireyning "Olimpiakos" klubi bo'lgandi. U jamoadan joriy yilning fevralida ketdi.
Eslatib o'tamiz, Rafinya 2011-2019 yillar davomida "Bavariya"da o'ynagan.
Fikrlar