"Bavariya" rekord darajada daromadga ega bo'ldi
14 noy 2023 10:18
Yangiliklar
"Bavariya" o'zining rasmiy saytida 2022-2023 moliyaviy yil uchun hisobotni elon qildi.
Myunxen klubining yil davomidagi aylanmasi 665,7 million evrodan rekord darajadagi 854,2 million evroga etgan. "Bavariya"ning o'z kapitali esa 536,5 million evroga ko'tarilgan. Klubning soliqdan oldingi foydasi 54,5 million evroni, sof foydasi esa 35,7 millionni tashkil qildi.
"Bavariya" moliyaviy yilni ketma-ket 31-marta foyda bilan yakunladi. Bu jahon futboli uchun rekord ko'rsatkichdir.
Fikrlar