"Bavariya" - "Real". Oliy liga klublari matbuot kotiblari nima deydi?
29 apr 2014 22:40
Yangiliklar
"Bavariya" - "Real". Oliy liga klublari matbuot kotiblari nima deydi?
Bugun "Bavariya" - "Real" uchrashuvidan oldin oliy liga klublari matbuot xizmati vakillarining fikrlari bilan qiziqdik.
Quyida ushbu fikrlar bilan tanishib oling.
Aziz Nuriy ("Nasaf" klubi matbuot xizmati): SHubhasiz, "Bavariya" favorit. Lekin "Real" qarshi hujumda juda samarali foydalana oladigan jamoa. Kim o'z imkoniyatlaridan maksimum foydalansa, marra o'shaniki. Taxminimcha, "Real" bitta gol ursa Ham, "Bavariya"ni finalga chiqishga kuchi etadi. Eng muhimi, muxlislarbop o'yin bo'lishi aniq. Viva Bayern/ Hala Madrid.
Bahodir Mirzaev ("Bunyodkor" klubi matbuot xizmati):
Yurtimizda "Real" klubi muxlislar juda ko'pchilikni tashkil etishini juda yaxshi bilaman. Va ularni hurmat qilgan holda aytamanki, dastlabki o'yindagi bitta to'p farqi "Bavariya" maydonida kamlik qilib qolishi mumkin. SHuningdek, "Bavariya" o'z maydonida juda kuchli o'yin namoyish etadi. Qolaversa, Gvardiola Madriddagi bahsda taktik hujumlarning barchasini ham ochib qo'ymagan. O'z uyiga asrab qo'ygan rejalari borligiga shubham yo'q. Uchrashuvda o'ta yirik hisob qayd etilishi ham mumkin. "Bavariya"ni favorit deb bilaman nemislar finalga chiqishga loyiq deb o'ylayman. Tahminimcha, "Bavariya" uchta to'p farqi bilan yutadi.
Erkin Xolbobo ("O'zbekiston ovozi" muxbiri):
- Bu uchrashuvni ECHLning finali oldidan finaliga tenglashtirgan bo'lardim. Garchi, dastlabki o'yinda "Real" g'alaba qozongan bo'lsa-da, javob uchrashuvida "Qirollik klubi"ga oson bo'lmasligi tabiiy. "Bavariya" jamoasi maydonda tashabbusni o'z qo'liga olish borasida raqibidan bir muncha ustun. Biroq, "Real"da qarshi hujumlarni mohirona yakuniga etkazadigan istedodli ijrochilar bor.
Menimcha, Myunxendagi bahsda durang qayd etiladi. Agar "Bavariya" va "Real"ga muxlislik qilishimni nazarda tutadigan bo'lsam, bugun faqat kuchlilarga omad kulib boqishining tarafdoriman. Bu jamoalardan qay birining finalga chiqishining men uchun unchalik ahamiyati yo'q. CHunki finalda ham men muxlislik qiladigan jamolardan biri albatta to'p suradi.
Behzod Nazarov ("Paxtakor" klubi matbuot xizmati): Myunxendagi o'yin qiziqarli, keskin va asabiy holatlarga boy o'tishi turgan gap. CHunki o'rtada ECHL finali yo'llanmasi turibdi. Bu klublarning mavsumdagi asosiy maqsadi shu turnir g'olibligini qo'lga kiritish edi. Ularni bu maqsaddan atigi bir qadam ajratib turibdi. Ikki ajoyib murabbiy, tarkiblardagi futbolchilar bor imkoniyatlarini ishga solishadi. Hozirgi vaqtga kelib, har ikki jamoa uchun mavsumdagi eng muhim o'yin aynan bugungi uchrashuvdir. Lissabondagi finalga "Real"ning uch nafar portugal futbolchisi borishi mumkin. Javob bahsini portugaliyalik referilar boshqarishadi. Bu qiziq holat, albatta.
Uchrashuv taqdirini murabbiylarning topqirligi va bazi futbolchilarning mahorati hal etib berishi mumkin. Robben, Riberi, Gyotce, Beyl, Di Mariya, Ronaldu. Ular istalgan lahzada o'yindagi natijani o'zgartirib yuborish imkoniyatiga egalar. Finalga yo'l olish imkoniyati "Bavariya"da ham, "Real"da ham teng. Teng kuchli jamoalar uchrashganda ko'p narsa murabbiylarning raqibning zaif tomonini topa olishiga bog'liq.
Humoyun Davurov ("Mashal" klubi matbuot xizmati): Bugun 90 daqiqa chiroyli futbol ko'ramiz. Ruhiy jihatdan "Real" hozir dunyoda eng kuchli jamoasi. Ular allaqachon Ispaniya kubogini qo'lga kiritib bo'lgan, chempionatda ishlari joyida va davom etmoqda, ECHL uchun kurashmoqda. "Bavariya" allaqachon milliy chemionatida chempion bo'lib bo'lgani uchun ham oxirgi o'yinlari "Real"dan farqli ravishda faqat nomiga o'tmoqda. Ketma-ket mag'lubiyat esa jamoaga baribir tasir o'tkazadi.
"Real" bugun himoyada o'yin ko'rsatmaydi. SHunga qaramay bitta gol bo'lishi mumkin. Bu golni ham "Real" ursa ajablanmayman. Ushbu juftlikda kim g'olib bo'lsa, o'sha ECHLni oladi. "Real" ham "Mashal"ga o'xshab 3-5-2 sxemada o'yin ko'rsatsa yaxshi bo'lardi. "Bavariya"ni pasli o'yini bugun to'xtaydi.

Fikrlar