“Bavariya” rahbariyati vakili nega jamoaga Yurgen Klopp taklif etilmaganiga izoh berdi
02 iyu 2020 21:58
Yangiliklar
“Bavariya” rahbariyati vakili nega jamoaga Yurgen Klopp taklif etilmaganiga izoh berdi
Myunxenliklar direktorlar kengashi raisi Karl-Xaync Rummenigge bunga quyidagicha javob qilgan:
- Doimo yangi murabbiy izlashga tushgan paytimizda, Yurgen Klopp allaqachon boshqa jamoa bilan shartnoma imzolagan bo'ladi. Biroq, shuni unutmang: so'nggi bir necha yil davomida jamoamizda eng yaxshi mutaxassislar ishlagan – Yupp Xaynkes, Pep Gvardiola, Lui van Gaal va endi Xansi Flik. Murabbiyni izlayotganingizda to'g'ri vaqtni tanlashingiz kerak. Doimo Yurgen Evropaning eng yaxshi mutaxassislaridan biri ekanligini bilardim.
O'tgan mavsum CHempionlar Ligasida zafar quchganidan quvondim. Endi esa Premer-Ligada g'olib bo'lganidan xursandman, deya aytgan rahbariyat vakili.
Fikrlar