"Bavariya" Qatar Airways bilan shartnomani uzaytirmoqchi
18 iyu 2023 15:33
Yangiliklar


"Bavariya" Qatar Airways bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Bavariya" va Qatar aviakompaniyasi Qatar Airways o'zaro shartnomani uzaytirmoqchi.
Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma shu oyda yakuniga etadi. Unga ko'ra, qatarliklar "Bavariya" uchun yiliga 25 mln evro to'lamoqda. Klub va aviakompaniya vakillari o'zaro muzokaralarni olib bormoqda va shartnomaning ayrim bandlariga o'zgartirishlar kiritishmoqda.
Yangi shartnoma imzolangan taqdirda "Bavariya" futbolchilari Qatardagi ko'plab ijtimoiy loyihalarda ishtirok etishlari kerak bo'ladi. Eslatib o'tamiz, Qatar Airways 2018 yilda "Bavariya" bilan hamkorlikni boshlagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar