PSJ Qatar Airways bilan homiylik shartnomasini uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
27 yanv 2025, 15:40
Fransiyaning PSJ klubi Qatar Airways bilan yangi shartnoma imzoladi.

Bu haqda Fransiya grandining rasmiy sayti xabar berdi.

Tomonlar o'rtasidagi hamkorlik 2028 yilgacha davom etadi. Jamoaning o'yin va mashg'ulot ekipirovkalariga kompaniya logotipi bosiladi.

Fransiya chempionatining 19-turidan so'ng parijliklar 47 ochko jamg'arib, turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi. Luis Enrike shogirdlari ikkinchi o'rindagi "Marsel"dan o'n ochko oldinda. PSJning navbatdagi o'yini UEFA Chempionlar Ligasining umumiy bosqichida 29 yanvar kuni "Shtutgart"ga qarshi o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: psg.fr