"Bavariya" o'rtoqlik uchrashuvida durang o'ynadi. Muxlislar esa Nagelsmanni haqorat qilishdi
24 iyu 2021 23:59
Yangiliklar
"Bavariya" o'rtoqlik uchrashuvida durang o'ynadi. Muxlislar esa Nagelsmanni haqorat qilishdi
Germaniyaning "Bavariya" klubi "Ayaks" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Unda 2:2 hisobidagi jangovor durang qayd etildi.
Uchrashuvni stadiondan 8500 nafar tomoshabin kuzatib bordi. O'yin boshlanishi bilan esa, janubiy tarafdagi bir necha muxlislar "Nagelsmann, cho'chqa, "Myunxen-1860"ga yo'qol!", -deb baqirishni boshlashdi.
SHuni takidlab o'tish joizki, bunga Yulian Nagelsmanning "Bavariya"ning azaliy raqibi, ushbu shahardagi "Myunxen-1860" klubida 7 yildan ortiq faoliyat olib borganligi bo'ldi. SHu bilan birga, murabbiy o'zining jamoa bilan birinchi o'yinida "Kyoln"ga mag'lub bo'lgandi.
Nagelsmanning o'zi esa, bolaligidan "Bavariya" klubi muxlisi ekanligi, muxlislarning noroziligini esa sabr bilan qabul qilishini bildirdi.
Fikrlar