"Bavariya" Noyer va Ulrayx bilan shartnomani uzaytirmoqchi
19 apr 2022 22:06
Yangiliklar


"Bavariya" Noyer va Ulrayx bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Myunxenning "Bavariya" klubi o'z darvozabonlari Manuel Noyer va Sven Ulrayx bilan kelishuvni uzaytirish borasida kelishib oldi.
Manbaga ko'ra, Noyerning shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan, bu Myuller bilan tuzilgan yangi kelishuv bilar bir xil. SHu bilan birga, Ulrayx Myunxen klubi bilan 2023 yilgacha shartnoma imzolaydi.
Eslatib o'tamiz, Noyerning amaldagi kelishuvi 2023 yilgacha, Ulrayx esa 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Manuel joriy mavsumda Bundesligada 25 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Ulrayx esa Bundesligada 5 ta o'yindan faqat 1 tasida "toza" o'ynadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar