"Bavariya" nemis futbolining bo'lajak yulduzini o'z safiga chorlamoqda
28 sen 2021 21:15
Yangiliklar
"Bavariya" nemis futbolining bo'lajak yulduzini o'z safiga chorlamoqda
"Bayer"ning 18 yoshli yarim himoyachisi Florian Virc "Bavariya" ga o'tishi mumkin.
"Bavariya" rahbariyati allaqachon Vircning otasi bilan aloqaga chiqqan.
Jurnalist-insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, Myunxen klubi sport direktori Xasan Salixamijich yosh futbolchining agenti bo'lmish otasi bilan norasmiy muzokaralar o'tkazgan.
Manbaga ko'ra, germaniyalik yarim himoyachi "Bavariya" ga o'tishga qarshi emas, u haqiqatan ham faoliyatini shu klubda davom ettirishdan xursand bo'ladi.
Qayd etilishicha, har ikki tomonning rejasiga ko'ra Virc "Bavariya"ga ikki yildan so'ng o'tishi kerak.
Uning "Bayer" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan.
Virc joriy mavsumda Bundesliganing 5 o'yinida 4 ta gol urdi va 4 ta golga uzatma berdi.
Fikrlar