"Bavariya" "Liverpul" hujumchisini xarid qilishga tayyor
10 fev 2020 10:21
Yangiliklar


"Bavariya" "Liverpul" hujumchisini xarid qilishga tayyor
"Bavariya" rahbariyati "Liverpul" hujumchisi Roberto Firminoni xarid qilmoqchi.
Germaniyaliklar fikricha, Roberto Firmino oldingi chiziqda Leroy Sanega ajoyib sherik bo'ladi.
Taxmin qilinishicha, "Bavariya" 28 yoshli braziliyalik o'yinchi uchun "Liverpul"ga 75 million funt to'lashga tayyor.
Firmino Bundesliga bilan yaxshi tanish. U Angliyaga kelguniga qadar "Xoffenxaym"da o'ynagan.
Eslatib o'tamiz, Firmino "Liverpul" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar