"Bavariya" Kramarich bilan shartnoma imzolamoqchi emas
28 apr 2021 10:34
Yangiliklar


"Bavariya" Kramarich bilan shartnoma imzolamoqchi emas
"Bavariya" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Xoffenxaym" forvardi Andrey Kramarichga qiziqish haqida gapirdi.
"Kramarich borasidagi mish-mishlar? Men uni yaxshi bilaman. Men allaqachon uning Bundesligadagi eng yaxshi forvardlardan biri ekanligini aytganman.
Unda juda yuqori darajadagi mahorat bor. Ammo, men u haqda hech narsa eshitmadim", - deydi Flik.
29 yoshli xorvatiyalik futbolchi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar