"Liverpul" "Xoffenxaym" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
9 avg 2024, 14:36
Maksimilian Bayerning o'zi Dortmundning "Borussiya"siga o'tmoqchi.

Angliyaning "Liverpul" klubi "Xoffenxaym" hujumchisi Maksimilian Bayerga qiziqmoqda, deb xabar berdi "Sky Sports" muxbiri Florian Plettenberg.

21 yoshli "Bayer"ning o'zi esa Dortmundning "Borussiya"siga o'tmoqchi va boshqa takliflarni rad etadi. Hozir "qora-sariqlar" futbolchi bilan muzokara olib bormoqda, keyinroq "Xoffenxaym" bilan ham bog'lanishadi.

Maksimilian Bayer o'tgan mavsum "Xoffenxaym" libosida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports