"Bavariya" klublar o'rtasidagi JCH finaliga yo'l oldi
09 fev 2021 00:53
Yangiliklar


"Bavariya" klublar o'rtasidagi JCH finaliga yo'l oldi
Qatarda davom etayotgan klublar o'rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi yarim final uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda "Bavariya" Misrning "Al Ahli" jamoasini mag'lub etib, finalga yo'l oldi. Sovrin uchun kurashda myunxenliklarga "Tigres" jamoasi qarshilik qiladi. Ushbu bahs 11 fevral kuni soat 23:00da start oladi.
"Al-Ahli" (Misr) – "Bavariya" (Germaniya) 0:2
"Al Rayyan Stadium"
Gollar: 0:1 – 17 Levandovski, 0:2 – 85 Levandovski.
"Al-Ahli" – El-SHenavi, Ashraf, Maalul (El-Hanafi, 28), Banun, Magdi Kafsha (Dieng, 70), Qahraba (Bvalya, 69), El-SHahat (Muxsin, 69), Xani, Mostafa (SHerif, 83), Amir al-Sulaya, Fathi.
"Bavariya" – Noyer, Pavar, Boateng (Zyule, 77), Alaba, Devis, Gnabri (Sane, 62), Kimmix, Koman (Musiala, 78), Roka (Tolisso, 69), Myuller (SHupo-Moting, 62), Levandovski.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar