"Bavariya" Keynga o'rinbosar topib qo'ydi
28 okt 2025 16:08
Yangiliklar
"Bavariya" Keynga o'rinbosar topib qo'ydi
Jurnalist Florian Plettenbergning so'zlariga ko'ra, "Bavariya" "Xoffenxaym" hujumchisi Fisnik Aslaniga qiziqmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, Myunxen klubi 23 yoshli hujumchini 2026/27 yilgi mavsumdan boshlab Harri Keynning o'rnini bosuvchi sifatida ko'rmoqda.
Malumotlarga qaraganda, "Bavariya" rahbariyatiga futbolchining o'yinlari maqul kelgan va uni transfer short-listiga kiritgan.

Kosovolik futbolchi ushbu mavsum barcha musobaqalarda 9 o'yinda qatnashib, 6 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi. Uning "Xoffenxaym" bilan shartnomasi 2029 yil iyun oyining oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt uning qiymatini 18 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Вильярреал" - "Реал Мадрид". "Қироллик клуби" таркиби маълум
Fikrlar