“Bavariya” himoyachisi APLga ko'chib o'tishi mumkin

20 apr 2019, 09:53
Niklas Zyule “Bavariya”ni yozda tark etishi mumkin.

Futbolchiga ayni damda “Manchester Yunayted” asosiy da'vogar bo'lib turibdi. Inglizlar yozgi transferlar vaqtida jamoa himoyasini mustahkamlab olishni ko'zlamoqda. Zyulening myunxenliklar bilan shartnomasi 2021/22 yilgi mavsum yakunida tugaydi. Qizig'i, futbolchining shartnomasida tovon puli miqdori ko'rsatilmagan. Zyule joriy mavsum Bundesligada 26 ta o'yinda ishtirok etib, 1 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football24