"Bavariya" Gnabrining o'rniga ikki futbolchini ko'rib chiqmoqda
11 may 2022 19:56
Yangiliklar
"Bavariya" Gnabrining o'rniga ikki futbolchini ko'rib chiqmoqda
Myunxenning "Bavariya" klubining mavsum oralig'idagi yozgi rejalari malum bo'ldi.
Manbaning xabariga ko'ra, Bundesliga chempioni rahbariyati qanot hujumchisi Serj Gnabri bilan hamkorlikni uzaytirishni rejalashtirmoqda. Uning shartnomasi kelasi yilning yozida tugaydi.
Agar "Bavariya" 26 yoshli futbolchini o'zida saqlab qolmasa, uning o'rniga ikkita muqobil variant ko'rib chiqilmoqda. Myunxenliklar Gnabrining o'rniga Kristofer Nkunku ("RB Leypcig") va Amsterdamning "Ayaks" klubidan Antonilarni ko'rib chiqmoqda.
Serj Germaniya jamoasida 2017 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Hozirda matbuotda futbolchiga "Real" va Turinning "Yuventus" klublari qiziqish bildirayotgani haqida mish-mishlar tarqalmoqda.
Fikrlar