"Bavariya" futbolchisi: "ECHLni yakunlab qo'yish - ilojsiz ish"
12 apr 2020 16:44
Yangiliklar


"Bavariya" futbolchisi: "ECHLni yakunlab qo'yish - ilojsiz ish"
"Bavariya" himoyachisi Lyuka Ernandes koronavirus sababli ECHL o'yinlari yakuniga etishiga ishonmaydi.
"Bavariya" nimchorak finalda "CHelsi" maydonida 3:0 hisobida g'alabaga erishib, barcha ishni deyarli hal qilib qo'ygandi.
"Endi taqvimni tuzish juda qiyin bo'ladi. ECHL o'yinlari koronavirusdan zararlangan davlatlarda bo'lib o'tadi. Futbolchilarni izolyaciyadan olib, boshqa davlatga uchirib yuborish ham oson emas. Hayotga to'g'ri qaraylik. Bunday sharoitda ECHL o'yinlarini ohirigacha etkazib qo'yishning iloji yo'q. UEFAning o'zi ham ayni damda ichki chempionatlarni birinchi o'ringa qo'ymoqda", - dedi futbolchi.
24 yoshli francuz ushbu mavsumda "Bavariya" tarkibida barcha turnirlarda 14 o'yinda qatnashdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar