So’nggi yangiliklar

14:21ОФК профессионал футбол бўйича семинар ташкил этди  0 13:44"Реал" ярим ҳимоячиси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  0 13:00"Ал Насср" бразилиялик ҳужумчи билан шартнома имзоламоқчи" — Фабрицио Романо  0 12:30"Челси" ярим ҳимоячиси: "Жоау Феликсни жамоада кўришни истамайман. У жонимга тегди"  1 12:08МТРК муҳим мусобақа трансляциясини сотиб олганини эълон қилди  29 11:56Хайрулла Холиқов: Элит чемпионлар Лигаси нима беради?  8 11:42Гюндоган тунда "Барселона" лагерини тарк этди ва Англияга учиб кетди  10 11:21Неймар "Барселона"га қайтиш учун ҳамма нарсага тайёр  8 11:05"Ал Ҳилол" яна бир ТОП трансферни амалга оширмоқда  3 10:41Италия А Серия жамоаси Шомуродовни ижарага олмоқчи  14 10:10Криштиану Роналду Youtube'даги чиқиши давомида яна бир муҳим янгиликни маълум қилдими?  4 09:34"Манчестер Юнайтед" яна бир йирик трансфер бўйича келишувга эришди  2 09:00Аббосбек Файзуллаев асосий устунлиги ва камчилиги ҳақида гапирди  5 08:26Салоҳ келаси ёзда қайси жамоага ўтиши маълум  2 07:58Нойердан "қутилган" тер Штеген ушбу воқеага мунособат билдирди  8

“Bavariya” aqldan ozma, Kroosni olib qol! Yangiliklar

“Bavariya” aqldan ozma, Kroosni olib qol!

Braziliya – Germaniya o'rtasidagi yarim final qahramoni Toni Kroos shu kunlarda “Real”ga o'tishi mumkin, lekin “Bavariya”da uni saqlab qolish uchun imkoniyat bor.
Hamkasblarim bilan Braziliya – Germaniya uchrashuvini tahlil qilayotib, “Bavariya” mavzusi paydo bo'ldi. Hozirgi “Nemis mashinasi”ning yarim tarkibi bundesliga chempionlari hisoblanadi. Pep Gvardiola jamoaga kelganidan so'ng, u “Gollivud” FK azolariga o'zgacha munosabatda bo'la boshladi. Pep Filipp Lamni shartta markaziy yarim himoyaga qo'ydi, avvaliga jamoa sardori bundan hursand emasdi, biroz vaqt o'tgach u ko'nikdi. “Borussiya” hujumchisi Levandovskiyni o'z jamoasida ko'rishni xohlagan murabbiy Mario Manjukich bilan munosabatini yomonlashtirib oldi. Bundan tashqari, mutaxassis Tyago Alkantarani sotib olishni so'radi. Bahslashmayman, bu yigit iqtidorli, ammo yulduz darajasiga etgani yo'q. Ammo aynan Alkantara Germaniya terma jamoasi futbolchilari tomonidan band qilib qo'yilgan joyga kelgan edi.



Bunga qo'shimcha ravishda, avvalroq xarid qilingan Xavi Martines, Bastian SHvaynshtayger va Toni Krooslarning asosiy tarkibdagi o'rnini egallab olishi xavfi tug'iladi. Buni sezib qolgan Evropa klublari “Bavariya”ga turli hil takliflar jo'nata boshlashdi. Mish-mishlarga ko'ra, Gvardiola ularni sotishga ham tayyor bo'lgan ekan. Germaniyada katta obro'ga ega bo'lgan SHvaynshtayger bilan murabbiy bahslashmadi, ammo bunday mashxurlik Kroosda yo'q edi va Gvardiola klub unga yiliga 8 millon to'lamasligi kerakligini takidladi. Albatta, bu gap-so'zlar Kroosga yoqmadi. 24 yoshli futbolchi “Bavariya”ning etakchilaridan biriga aylanib bo'lgan edi. U jamoadoshlarinikidan chorak martta kam bo'lgan maoshga rozi bo'lmadi.

Mish-mishlarga qaraganda, yaqindagina “Bavariya” Kroosga 10 million evrolik maosh taklif qildi, ammo futbolchi bu talkifni rad etdi, chunki shu yilning yanvar oyidayoq unga boshqa klublar bundanda ko'proq taklif qilishayotgan edi. Toni klubdan hafa bo'lgandi. Aytgancha, 10 million soliqlardan so'ng 42 foizga kamayadi.



Natijada hikoya cho'zilib ketdi, Kroos shartnomani uzaytirish borasidagi taklifga rozi bo'lmadi, “Bavariya”ning o'zi ham bu ishga jiddiy kirishmadi. Bu orada “Real” Kroosga 12 millon evro taklif qilib qoldi va futbolchi uchun 25 million berishga tayyor edi. Nega buncha kam? Bunga sabab, bir yildan so'ng “Bavariya” bilan shartnoma o'z nihoyasiga etadi va myunxenliklar uning uchun taklif qilingan pullardan ham quruq qolishadi.

“Bavariya” hozirgi kunda kulguli tuyulgan pulga dunyoning eng yaxshi futbolchisini qo'yib yuborayotganidan ko'nli to'qmi? Menimcha, Tomas Myuller va Manuel Noyerning o'yini yorqinroq. Kroos doimo panada bo'lgan. Toni o'zining terma jamoa safidagi 50 o'yini bilan “Real” qanchalik haq, “Bavariya” esa aksincha, nohaqligini ko'rsatib qo'ydi. U ikki golga mulliflik qilib, standartdan ajoyib golli pas etkazib berdi. Kroos bundesmannshaftning barcha hujumlarining quruvchisi hisoblanadi.

Aqlga sig'dirib bo'lmaydi, qanday qilib bu futbolchini qo'yib yuborish mumkin. Ammo Gvardiola – Lamning maydon markazidagi o'yinini maqullamoqda. Lam kechagi o'yinda qanotdan ikki golli pas bergani muhim emas. U tug'ma qanot himoyachisi, balki biz uni boshqa poziciyada tasavvur qila olmasmiz. “Bavariya” Kroosni sotib , bo'shab qolgan joyni to'ldirishi kerak. Jamoa faqatgina Lam, SHvaynshtayger, jarohatlar mutaxassisi Tyago, Xavi Martines va Sebastyan Rode bilan chegaralanib qolmasligi kerak. Tezda jamoaga yangi jon bag'ishlay oladigan futbolchini topish yoki Tyago yana jarohat olmasligiga ishonish kerak.

“Bavariya”ga savollar kundan-kunga ko'payib bormoqda. Muxlislar o'tgan mavsum so'ngida ko'plab etirozlar bildirishdi. Ammo Germaniya Kubogidagi g'alabadan so'ng bu xolat biroz tinchigandek bo'ldi. Hozir esa 7 yoki 8 yil davomida jamoa o'yinini quruvchi futbolchi berib yuborilyapti, muxlislar sabri esa tugab bormoqda.



Kroos “Real” bilan shartnoma shartlarini kelishib olishgan kabi xabarlar tarqalayotgan bo'lsada, bu to'g'risida rasmiy malumotlar yo'q. Transfermarkt portali transfer 57 foiz amalga oshishi mumkinligi haqida xabar berdi. Agar myunxerliklar 2014 yilgi mundialning eng yaxshi yarim himoyachisini qo'yib yuborsa, juda ko'p narsani qo'ldan boy bergan bo'ladi.

Toni kechagi bahsning so'zsiz qahramoni va u finalda o'z ishberuvchilariga o'sha pulga yarasha o'yin namoish eta olishini isbotlab berishi mumkin.


Jasur Aslanov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика