“Bavariya” 47 yillik rekordni zabt etdi
25 okt 2020 08:45
Yangiliklar


“Bavariya” 47 yillik rekordni zabt etdi
Germaniya chempionatining navbatdagi turida “Bavariya” “Ayntraxt”ni (5:0) yirik hisobda taslim etdi.
Myunxenliklar Bundesliganing dastlabki besh turida 22 ta gol urishga erishdi.
Bungacha Myunxengladbaxning “Borussiya” klubi 1973/74 yilgi mavsumda besh turda 20 ta gol urib, rekord o'rnatgandi.
Ayni paytda myunxenliklar Bundesliga turnir jadvalida “RB Leypcig”dan bir ochko ortda qolgan holda ikkinchi pog'onani band etishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar