Baum "SHalke" bosh murabbiyligidan istefoga chiqarildi
18 dek 2020 15:50
Yangiliklar


Baum "SHalke" bosh murabbiyligidan istefoga chiqarildi
Gelzenkirxenning "SHalke" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyligidan Manuel Baumni olishga qaror qildi.
Mutaxassis Germaniya chempionatidagi salbiy natijalardan so'ng istefoga chiqarildi.
Yaqin ikki o'yinda jamoani vaqtinchalik Xub Stevens maydonga boshlab tushadi. U allaqachon uch bor Gelzenkirxen jamoasi rulida ishlagan.
"SHalke" Bundesligada 12 turdan so'ng 4 ochko jamg'argan holda, jadvalning so'nggi o'rnida bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar