"Barselona"ning umidli himoyachisi Italiyaga yo'l olishi mumkin
10 dek 2019 22:34
Yangiliklar


"Barselona"ning umidli himoyachisi Italiyaga yo'l olishi mumkin
Bu haqida Ispaniyaning Sport.es sayti malum qildi.
Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Jan-Kler Todibo qishda A Seriya vakili "Milan" jamoasi tarkibiga borib qo'shilishi mumkin. Umidli futbolchiga jamoaning asosiy tarkibida o'rin yo'q, ammo "ko'k-anorranglilar" Todiboning kelajagi yorqin bo'lishiga ishonishmoqda. Todiboning o'yin amaliyoti kamayib ketmasligi uchun mavsum oxiriga qadar "Milan" klubiga ijaraga berib yuborilishi taxmin qilinmoqda.
SHuningdek, 19 yoshli futbolchi uchun davogarlar qatorida Turinning "Yuventus" klubi nomi ham yangramoqda. Malumotlarga qaraganda, "keksa sinora" kelajakda himoya markazida Matteys De Ligt va Todibo tandemini sinab ko'rmoqchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar